Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar taklif va mulohazalari muhokama etildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan rejalashtirilgan ochiq muloqoti oldidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda uyushma va bank rahbariyati, mutaxassislar, ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi. Tadbir samimiy muloqot tarzida o‘tkazildi.

photo_2022-08-12_13-46-24.jpg

Dastlab mutasaddilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, murojaat va takliflar, endilikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni muhokama qilishdi. Shundan so‘ng hudud tadbirkorlari o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflarini bildirishdi.

Uchrashuv davomida barcha tadbirkorlarning muammolari eshitildi va bir qator masalalar bo‘yicha ularga yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. E’tiborlisi, faoliyatini yanada kengaytirish, eksport imkoniyatlarini oshirish niyatida bo‘lgan ishbilarmonlarga kreditlar ajratish, texnik va texnologik jihatdan yaqindan yordam berish bo‘yicha so‘z yuritildi.

photo_2022-08-12_13-46-25.jpg

photo_2022-08-12_13-46-26.jpg

photo_2022-08-12_20-45-18.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech