Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, import bosuvchi sifatli mahsulotlar turini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi PQ–99-son qarori bilan talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, joriy yilda 17 ta loyihalarda jami 1837,0 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilangan.

Ushbu topshiriq joriy yil yanvar-noyabr oylarida 1 trln. 783,4 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, rejaga nisbatan 105,4 foiz o‘sish ta’minlandi hamda yil yakuni bilan 1 trln 840 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda.

photo_2023-12-06_12-36-12.jpg

Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda soha korxonalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatiladigan xomashyolar, xususan, keramik plitkalar, sement, bezakli oynalar, issiqlik saqlovchi materiallar, quruq qorishmalar, glazurlangan keramogranit, olovbardosh g‘ishtlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yangi turdagi innovatsion va energiya samarador bo‘lgan gazobeton, shisha tolasidan issiqlik saqlovchi materiallarni jahon standartlariga mos qilib ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida joriy yilda hududlarda tashkil etilgan kooperatsiya yarmarkalarida 19,1 mlrd. so‘mlik 111 ta tarmoqlararo hamkorlik shartnomasi tuzildi. Elektron savdo platformasida doimiy ravishda 20 dar ortiq turdagi qurilish materiallari joylashtirib kelinmoqda.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan soha korxonalari ehtiyoji uchun kimyoviy moddalar DSP yelimi tayyorlash uchun “Formalin-37%” va “Karbamid A” («Termiz ta’minlash butlash» MCHJ) yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

photo_2023-12-06_12-36-13 (2).jpg

Joriy yil yakunga qadar 693 mln dollarlik qurilish mahsulotlari import qilinishi, o‘tgan yilga nisbatan 19 mln dollarga (97 foizga) kamayishi kutilmoqda.

Import tarkibini asosan yog‘och-qirindi plitalari (119 mln doll.), g‘ulqog‘oz (69 mln doll.), keramik plitkalar (41 mln doll.), sanitar keramika mahsulotlari (14 mln doll.) tashkil etgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga import hajmlarini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, sement, keramik plitkalar, keramogranit, quruq qorishmalar, PVXdan quvur va fitinglar kabi ko‘p hajmda import bo‘layotgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish maqsadida sohada joriy yil yakuniga qadar qariyb 2,0 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish, mahalliy tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali mahsulotlar importini qisqartirish bo‘yicha quyidagi takliflar tegishliligi bo‘yicha vazirlik va tashkilotlarga bildirilgan. Jumladan;

- sement importini optimallashtirish maqsadida Sement korxonalari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ohaktosh tannarxining 5 foizi (yoki 1500 so‘m) miqdorida etib qayta tiklash;

- mahalliy oyna ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, TIF TN kodi 7005 bo‘lgan qurilish oynasi importiga notarif choralarni, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi №51-sonli farmonini qayta qo‘rib chiqish va o‘zgartirish kiritish.

photo_2023-12-06_12-36-13.jpg

Bunda import bo‘lib kirib kelayotgan barcha turdagi qurilish oynasiga 20 foiz miqdorda aksiz solig‘i joriy etishni nazarda tutish lozim qo‘llash.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi №51-sonli farmoniga asosan TIF TN kodi 7005 bo‘lgan qurilish oynasi 2025-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech