Qurilish materiallari klasterlari tashkil etilmoqda

News image

Respublikada qurilish sohasini va qurilish materiallarini ishlab chiqarish kompleksini yanada rivojlantirish, hududlarda aholi uchun arzon uy-joylar qurilishini ta’minlash, uy-joy qurilishi bozorida talab va taklif nomutanosibligini qisqartirish maqsadida 2022 yil 21 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-139-son “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofik, respublikaning 8 ta tumanida xom ashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chitsarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish hamda 16 ta tuman va shaharlarida boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

photo_2021-05-15_11-37-46.jpg

Shuningdek, har bir hududda kamida bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan tortib tayyor ko‘p qavatli uy-joylar qurishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joy qurilishi klasterlarini tashkil etish belgilangan.

Qaror bilan ushbu tashkil etiladigan klasterlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha 2022-2023 yillarda davlat budjetidan 200 mlrd so‘m, shundan joriy yilda 101 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuning bilan birga, joriy yil 1 martdan boshlab barcha yuridik shaxslarga respublikada ishlab chiqariladigan sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksportga (kvotasiz) sotishga ruxsat berildi. Natijada, joriy yilda qurilish materiallarining eksporti o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobarga oshib, 600 mln dollarga yetkaziladi. Ushbu ko‘rsatkich 2026 yilga borib 1 mlrd dollardan oshiriladi.

photo_2021-05-15_11-38-32.jpg

Qaror bilan qurilish materiallarini eksport qiluvchi korxonalarga barcha davlatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga eksportga qilganda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

2022 yil yakuniga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan kurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish uchun 300 million dollar miqdorda xalqaro korporativ obligatsiyalari chiqarish va joylashtiriladi hamda uy-joy qurilishi klasterlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollari miqdorida Hukumat kafolatisiz xorijiy kredit liniyalarining mablag‘lari jalb qilinadi.

Shuning bilan birga, 2022-2023 yillarda 2022-2023 yillarda Davlat budjetidan Davlat geologiya qo‘mitasiga geologiya-qidiruv ishlari uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bulardan tashqari, 400 ta foydali qazilma kon uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech