Qurilish materiallari sanoati sohasiga ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalar keng joriy etilmoqda

News image

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamkorligida “2022-yilda Qurilish materiallari sohasida ilm-fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzusida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda dastlab, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish, ilm-fan yutuqlarini sohaga joriy qilish, 2022-yilda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish, eksport-import ko‘rsatkichlari, investitsiya loyihalar haqida to‘liq ma’lumot berildi.

1 IMG_8732.jpg

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-sonli qaroriga asosan yangi turdagi innovatsion qurilish materiallari texnologiyalarini yaratishga qaratilgan, 25 nafar akademik, professor, fan doktorlari, fan nomzodlar va ishlab chiqarishning tajribali vakillaridan tashkil topgan Respublika ilmiy-texnik kengashi tashkil etilib, uning faoliyati muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu kengashga akademik I.Yu.Abduraxmonov raislik qilib kelmoqda.

2 IMG_8785.jpg

Bugungi kungacha Kengashga jami 60 dan ortiq innovatsion loyihalar kelib tushgan. Ushbu kelib tushgan loyihalar uchun belgilangan tartibda ilmiy-texnik kengash tomonidan ekspertlar (har bir loyihaga 2-3 tadan ekspert) tayinlangan bo‘lib 60 dan ortiq loyihadan jami 30 ta loyiha ekspertlardan tomonidan maqullanib Kengash yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan. Ushbu 30 ta loyihadan 13 ta innovatsion loyihalarga ilmiy-texnik kengashning qarori bilan 17 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.

3 IMG_8821.jpg

Shu bilan birga, yangi texnologiyalar, tadqiqot va innovatsiya sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va chuqurlashtirish maqsadida 20 ta yirik korxonalar bilan uyushma va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida integratsiya yo‘lga qo‘yilib 3 tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Natijada 2022-yilda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan yaratilgan jami 31 ta innovatsion texnologiyalar qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan amaliyotga joriy qilingan.

4 IMG_8797.jpg

2023-2024-yillarda Toshkent shahrida “Texnopark” MCHJ tomonidan yiliga 1000 ming kv metr HPL (yuqori bosim ostida presslangan) panellar, Farg‘ona viloyatida “Art Soft” MCHJ tomonidan energiya tejamkor texnologiyalar asosida yiliga 2500 ming kv metr keramogranit plitalar ishlab chiqarish, Jizzax viloyatida “Yecobazalt Group” MCHJ tomonidan yiliga 60 ming tonna yangi turdagi Bazal’tdan kompozit trubalar, “Geoteks Production” MCHJ tomonidan yiliga 150 ming tonna geotekstil tolasi kabi yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlari hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-sonli qarorida qurilish materiallari tarmog‘iga tegishli 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan 22 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

5 IMG_8823.jpg

6 IMG_8729.jpg

Shuningdek, bugungi kunda “Sement klinkeri ishlab chiqarishda vodorod yoqilg‘isiga o‘tish texnologiyasi”, Qurilish materiallari ishlab chiqarishda suv-ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tish texnologiyasi” kabi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha say-harakatlar va ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda, qurilish materiallari sanoatiga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy qilishda Uyushma Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti kabi yirik tayanch oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqalar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, qator Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbir davomida OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech