- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari sohasida kadrlar tayyorlash eng ustuvor masala
5 Apr 2024
269
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish” mavzusida ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mutasaddi rahbarlari va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda qurilish materiallari sanoatida kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlar va tajriba-sinovlar o‘tkazish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni yaratish muhokama etildi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini korxona(tashkilot)larda o‘tkazishda shart-sharoit yaratish; energiya tejamkor qurilish materiallari va texnologiyalari muammosi bo‘yicha loyiha ishlari (ilmiy-tadqiqot ishlari, xo‘jalik shartnomalari), dissertatsiya (doktorlik, magistrlik) va bitiruv malakaviy ishlar mavzularini yoritilishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.
Shuningdek, hamkorlikda qurilish infrastrukturasi va qurilish materiallari industriyasini rivojlanishi hamda ishlab chiqarilishiga oid loyihalar muhokamasida ishtirok etish; yangi texnologiyalarni va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etish maqsadida qurilish materiallari sanoati korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishni yanada rivojlantirish; energiya samarali, energiya tejaydigan, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop yangi turdagi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish; ishlab chiqarish korxonalarida talabalar o‘rtasida qurilish materiallari va buyumlari yo‘nalishida tanlovlar o‘tkazish haqida so‘z yuritildi.