Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Feb 2020

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar hamda joriy yilning 24 dekabr sanasidagi Yurtboshimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivojlanishning yeng muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha milliy parlamentga navbatdagi, uchinchi murojaatida belgilangan vazifalardan kelib chiqib yoshlar tashabbuskorligini oshirish, taklif va muammolarini o‘rganish, ularni hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda uyushma rahbariyati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi vakillari, uyushmada va soha korxona tashkilotlarida faoliyat yurituvchi yoshlar, ta’lim muassasalarining talabalar ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 dekabr sanasidagi Parlamentga murojaatnomasida yoshlar siyosatiga oid belgilangan eng muhim vazifalar bo‘yicha tushuntirish berdi.

Rahbar va yoshlar

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi.

So‘nggi yillarda o‘sib kelayotan avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzildi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi. Hozirda Ittifoqning 7 million 690 ming nafar a’zosi mavjud.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ishchi-xodimlarining 50 foizini yoshlar tashkil etadi.Uyushma Yoshlar Ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan bo‘lib, uning maqsad va vazifalari, ish rejasiga muvofiq faoliyat olib boradi.

Rahbar va yoshlar

Uchrashuvda yoshlar uyushma boshqaruv raisininng birinchi o‘rinbosariga savol va takliflarini bildirishdi. Yil davomida amalga oshiriladigan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot davomida sport mashg‘ulotlari, yoshlar o‘rtasida savodxonlik masalasi, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, malaka oshirish va sirtqi bo‘limlarda oliy ma’lumot olish masalalari o‘zaro muhokama etildi.

Tadbir so‘nggida bu kabi uchrashuvlarni kamida bir oyda bir marta o‘tkazib turishga kelishib olindi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 44
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech