Respublikada keramik plitka ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik korxonani bilasizmi?

News image

Toshkent shahrida joylashgan “ORIENT CERAMIC” MCHJ Xitoy texnologiyasi asosida keramik plitka va keramogranit ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatimizdagi eng gigant korxona hisoblanadi. Korxona joriy yilning iyun oyida foydalanishga topshirilgan. Investitsiya loyihasining qiymati 60 mln dollarni tashkil etadi.

Mega zavodda yiliga 10 mln kv.metr keramik plitka va keramogranit ishlab chiqariladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, mahsulotlar to‘liq yuz foiz mahalliy xom-ashyodan tayyorlanadi. Korxonaga Xitoyning mashhur energiya tejamkor texnologiyalari o‘rnatilgan. Bu yerda hozirda 300 dan ortiq poytaxtlik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

IMG_9232.jpg

IMG_9233.jpg

IMG_9239.jpg

E’tiborlisi, bu yerda nafaqat turli o‘lchamdagi keramik plitka, balki katta o‘lchamdagi (60X120 sm) keramogranit mahsulotlari ham tayyorlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy me’yorlarga va jahon standartlariga amal qiladi.

IMG_9245.jpg

IMG_9249.jpg

IMG_9255.jpg

ORIENT CERAMIC brendi ostida tayyorlangan mahsulotlar nafaqat mahalliy balki qo‘shni davlatlarda ham xaridorgir. Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Ozarbayjon, Rossiya, Belarus kabi davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech