Respublikada sement ishlab chiqarish yillik quvvati 26 mln tonnaga yetdi

News image

Ayni kunda yurtimizda 10 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 2022-yilda 30,7 trln so‘mlik mahsulotlar tayyorlangan. 2021-yili esa ushbu ko‘rsatkich 24,2 trln so‘mdan iborat edi. 2017-yili 120 turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 180 tadan oshdi. Bu mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohotlar natijasidir.

IMG_8554.jpg

Birgina sement ishlab chiqarish sohasiga nazar tashlasak, bu yo‘nalishda bugun respublikada 35 ta korxona bo‘lib, ularning yillik quvvati 26 million tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”, “Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari hamda “Sherobod Sement zavodi”, “Xuksin Sement Jizzax” mas’uliyati cheklangan jamiyati singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi katta. Tez orada yana 10 dan ortiq yangi sement zavodlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida barpo etiladi.

IMG_8556.jpg

O‘z navbatida, 2022-yilda sement ishlab chiqarish hajmi soha bo‘yicha 14,6 mln tonnani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 102,9 foizga o‘sdi. Shuningdek, o‘tgan yili 35 mln metr kv. qurilish oynasi, 36 mln metr kv keramik plitka, 69 mln metr kv gipsokarton plitalari, 2,85 mln metr kub gazobeton bloklari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi doirasida 1,4 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 152,0 foizga oshdi (2021- yil 923 mlrd so‘m).

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech