Samarqand viloyatida yana bir yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda

News image

Samarqand viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi quvvatlarni yaratish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada yangi sanoat korxonalari foydalanishga topshirilmoqda, eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratilyapti.

Samarqand tumanida faoliyatini boshlayotgan sendvich panel, penoplast va profnastil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Master Praym Jiangsu metall” MCHJ QK shular jumlasidandir. Korxona Xitoyning Jiangsu metall Interneyshnl triding Ko Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan. Umumiy 2 mln dollar bo‘lgan loyihaga 92,6 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yo‘naltirilgan. Bu yerda yiliga 200 ming kv.metr (56,2 mlrd. so‘mlik) sendvich panel, penoplast va profnastil ishlab chiqariladi.

2 23-08-2023.jpg

Eng muhimi loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 1,5 mln. dollarlik mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga 40 nafar samarqandlik yoshlar ish bilan ta’minlanadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech