Sanoat korxonalarining ekologiyaga ta’siri o‘rganilmoqda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 737-son qarori hamda 2020 yil 14 apreldagi “Sement ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 223-son qarori bilan Respublikamizda faoliyat yurituvchi barcha sement ishlab chiqaruvchi tashkilotlarining atmosfera havosini ifloslantirish manbalaridan namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlar)ni majburiy tartibda ushbu tashkilotlar mablag‘lari xisobiga o‘rnatilishi belgilangan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Respublikada faoliyat yuritayotgan xavflilik darajasi 1-toifaga mansub ishlab chiqarish korxonalari tomonidan avtomatik sistemalar va statsionar kuzatuv punktlarini tashkil etish bo‘yicha muntazam monitoring qilib borilmoqda. Shuningdek, sement korxonalarining atrof muhitga tashlamalari va ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha doimiy o‘rniganishlar o‘tkazilmoqda.

IMG_9654.jpg

Ana shunday tadbirlar biri Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv shaharchasida o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi, uyushma mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirok etishdi. Anjumanda hududda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonaning atrof muhitga tashlamalarini kamaytirish, ekologik vaziyat haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korxonalarni zamonaviy filtlar bilan ta’minlash, mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha takliflar berildi.

IMG_9655.jpg

Ma’lumki, Sement zavodlaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan changlarni kamaytirish va sanitariya me’yorida bo‘lishini ta’minlashda siklonli filtr, elektrofiltr va boshqa turdagi texnologik chang-gazlar tozalovchi qurilmalar qo‘llaniladi. Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75% dan 99% gacha tozalash samaradorligiga ega. Chang-gazlarni tozalash uchun uskunalarni va ularning optimal ish rejimlarini to‘g‘ri tanlash orqali sement ishlab chiqarishdagi chang-gaz tashlamalarini maqbul darajagacha tushirish mumkin.

Insonlarning sog‘lom hayot kechirishi va uzoq umr ko‘rishi uchun atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalarning miqdorini kamaytirishim uyushmaning eng asosiy maqsadi sanaladi. Shu sababli muntazam zavod atrofida manzarali daraxtlar ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borilmoqda. Sanoat korxonalariga jahon talablariga mos filtrlar o‘rnatilmoqda mavjudlari esa rekonstruksiya qilinmoqda.

IMG_9662.jpg

Hozirgi kunda “Kizilkumsement” AJ (Navoiy sh.), “Bekobodsement” AJ (Toshkent vil.), “Oxangaronsement” AJ. (Toshkent vil.), “Surxonsementinvest” MCHJ( Surxondaryo vil.), “Titansement” MCHJ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), “Korakalpoksement” MCHJ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), “Rikkosement” MCHJ (Andijon. vil), “Sherobodsement” MCHJ (AGMK Surxondaryo vil), “Shaffof sement” MCHJ (Farg‘ona viloyati) hamda “HUAXIN CEMENT JIZZAKH” MCHJ Avtomatik sistemalar o‘rnatilgan. Faqatgina Toshkent viloyati joylashgan “Ohangaronsement” AJda “Statsionar kuzatuv punkti” tashkil etilgan. Bu esa zararli tashlamalarni kamaytirish, sanoat korxonalarining tutash hududlar ekologiyasiga ta’sirini pasaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikamizda jami 36 ta sement zavodlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yillik quvvati 29,8 mln tonnani tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 15,1 mln tonnaga yetkaziladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech