Sement ishlab chiqarilishi barqarorligi muhokama qilindi

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda 2023-2024-yillarning kuz-qish oylarida sement ishlab chiqarilishi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha Xukumat topshiriqlari ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda uyushma va mamlakatimizdagi sement zavodlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda dastlab, 2023-yil yakuni bilan sement ishlab chiqarish kutilishi va 2024-yil 1-chorak rejalari muhokama qilindi. Shu bilan birga sement ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Korxonalar hisoboti tinglandi.

IMG_9608.jpg

IMG_9610.jpg

Ishlab chiqaruvchilarning yoqilg‘i energetika resurslari bo‘yicha ta’minlanganliklari, shu jumladan omborlarda 2023-yil 1-noyabr holatiga klinker yarim mahsuloti va ko‘mir yoqilg‘isi zahiralari kun tartibida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar ham to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida korxonalarni qiynayotgan muammolar, transport logistika va ishlab chiqarish hajmi haqida ham fikr almashildi.

IMG_9612.jpg

IMG_9614.jpg

Ma’lumot uchun, Respublikamizda jami 36 ta sement zavodlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yillik quvvati 29,8 mln tonnani tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 15,1 mln tonnaga yetkaziladi.

IMG_9618.jpg

IMG_9620.jpg

IMG_9622.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech