Sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning chang-gaz tozalash uskunalari yangilanmoqda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 29-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 6-sonli bayoni ijrosini ta’minlash doirasida sohada faoliyat olib borayotgan sement ishlab chiqarish korxonalarining chang-gaz tozalash uskunalarini zamonaviylarini o‘rnatish va eskilarini almashtirish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

IMG_0671.jpg

IMG_0672.jpg

Mavjud 37 ta sement ishlab chiqarish korxonalaridagi o‘rnatilgan chang-gaz uskunalari korxona texnik rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-jadvali asosida ta’mirlanib eski filtrlar yangilariga almashtirilmoqda. Yurtimizda 50-60-yillarda ishga tushirilib sohada shu kunga qadar ishlab kelayotgan sement ishlab chiqarish korxonalarining ma’naviy eskirgan chang-gaz tutish uskunalari yangi zamonaviy filtrlarga rekonstruksiya yo‘li bilan almashtirilmoqda. Bunday korxonalar sarasiga “Quvasoysement” AJ, “Oxangaronsement” AJ va “Qizilqumsement” AJ misol keltirsak bo‘ladi.

IMG_0673.jpg

IMG_0679.jpg

Mazkur topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan uyushma tomonidan har chorakda korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, atrof-muhitga ta’sirni ko‘rib chiqish (ZVOS) loyihalari, atrof-muhitga ta’sir oqibatlarini me’yorlashtirish (ZEP) loyihalari, atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalarni me’yorlashtirish (PDV) loyihalari, chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishini me’yorlashtirish (PDO) loyihalari, ochiq suv havzalariga tashlanadigan oqovalarni me’yorlashtirish (PDS) loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

Sement ishlab chiqarish korxonalari ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish hamda doimiy monitoringni olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentyabrdagi 737-son qaroriga muvofiq korxonalarning barchasida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlar) majburiy tartibda ushbu tashkilotlar mablag‘lariga o‘rnatilishi belgilangan. Bugungi kunga kelib mavjud sement ishlab chiqaruvchi korxonalarning 9 tasida avtomatik stansiya va 1 ta statsionar kuzatuv punkti o‘rnatilgan.

IMG_0684.jpg

IMG_0685.jpg

Xo‘jalik subyektlarining ifloslashtirish manbalarida o‘rnatiladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish (tashlash)ni hisobga olish bo‘yicha avtomatik stansiyalar majburiy tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasining Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ulanishi lozim. Bunday zamonaviy avtomatik nazorat tizimlar (avtomatik stansiyalar) o‘rnatilishi natijasida xo‘jalik subyektlarning faoliyatini xalqaro talablarga muvofiqlashtiriladi, favqulodda vaziyatlarni va avariyaviy holatlarni oldini olishga hamda aholi salomatligiga va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan tezkor choralar qabul qilinishiga erishiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech