Sohaga baxshida umr

News image

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida joriy yil 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4906-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 14 iyuldagi PQ-3133-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadidagi “Nuroniy jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2022 yil 6 maydagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori bilan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan qurilish materiallari sanoati sohasida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi xodimlarni taqdirlash tantanali tadbiri va avlodlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehnat faxriylari, Uyushma rahbariyati, ijro etuvchi apparat xodimlari, Uyushma ta’sischiligida tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari rahbarlari ishtirok etdilar.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Baxodirov Azizbek Abdulazizovich Davlatimiz Rahbarining pensiya yoshidagi xodimlarga qaratgan yuksak e’tiborlari, nafaqat ularga, balki har bir yosh avlodga va ularning kelajagiga qaratilgan alohida ehtirom belgisi ekanligini alohida ta’kidladi.

Tantanada O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uyushmasidan
II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan pensiya yoshidagi 3 nafar xodimlarning zahmatli ish faoliyati, hayot yo‘li va tajribasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

IMG_6553.jpg

Jumladan, 73 yoshli, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi muhandis-texnolog bo‘lgan, Ibragimov Amonulla Fayzullayevich 1967 yildan buyon xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelmoqda.

Amonulla Ibragimov 1993 yildan shu kunga qadar respublikamiz quirilish materiallari sanoati tarmog‘ining rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

IMG_6554.jpg

Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi pedagog, iqtisodchi bo‘lgan 69 yoshli Isayev Baxodir Karimovich 1969 yildan buyon xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelmoqda. 1997 yildan respublikamiz qurilish materiallari sanoati tarmog‘ining rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.

O‘tgan davr ichida Baxodir Isayev o‘z sohasini puxta o‘zlashtirgan, yetuk, tajribali, mehnatsevar, qurilish materiallari sanoati sohasida yetarli tajribaga ega, zimmasidagi vazifalarga ma’suliyat bilan yondashadigan rahbar sifatida tanildi.

Uzoq yillar davomida Baxodir Isayev katta tajribaga ega mutaxassis va talabchan ustoz sifatida ko‘plab shogirdlar tayyorlagan fidoyi ustoz sanaladi.

Baxodir Isayev ibratli oila boshlig‘i, 3 nafar farzandini yurtiga munosib insonlar etib tarbiyalagan. Yuqori malakali, o‘z ishining ustasi va mehnatsevar inson sifatida hamkasblari va mahalladoshlari o‘rtasida hurmat qozongan.

IMG_6559.jpg

71 yoshni qarshilagan Shukuraliyeva Mukaram Maxmadaliyevaning ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi muhandis-iqtisodchi. 1974 yildan shu kunga qadar respublikamiz quirilish materiallari sanoati tarmog‘ining rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

1976-1979 yillarda O‘zbekiston qurilish materiallari vazirligi axborot hisoblash markazi katta muhandisi, 1979-1985 yillarda axborot hisoblash markazi bo‘limi mudiri, 1985-2004 yillarda “O‘zqurilishmateriallari” konserniga qarashli “Turon Oniks” MCHJ bo‘limi boshlig‘i, 2004-2007 yillarda “O‘zqurilishmateriallari” konserniga qarashli “Turon Oniks” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining o‘rinbosari, 2007-2019 yillarda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Turon Onuks” MCHJ bo‘lim mudiri mas’ul rahbarlik lavozimlariga faoliyat yuritgan.

2019 yil 28 avgustdan boshlab “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazining xo‘jalik bo‘limi mudiri lavozimida ishlab, yosh mutaxassislarga o‘zining boy ish tajribasini o‘rgatib, kasbiy salohiyatidan foydalangan holda soha rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Mukaram Shukuraliyeva nafaqat Markazda balki qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha yosh xodimlariga o‘z bilim va malakasini ayamaydigan ustoz hisoblanadi. Hozirgi kungacha yuzdan ortiq shogird tayyorlagan va ular qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida o‘z mehnat faoliyatini olib bormoqda.

IMG_6574.jpg

Tadbir davomida Uyushma tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar va faxriylar o‘rtasida “Avlodlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Yosh xodimlar faxriylarning hayot yo‘li, ish faoliyati va erishgan yutuqlari bo‘yicha savollar berib, o‘zlari uchun ibratli va mehnat faoliyatida asqotadigan javoblarni oldilar.

Tadbir savol-javoblar, mulohaza va munozaralarga boy bo‘lib, qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech