Surxondaryoda viloyatidagi eng yirik sement ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona faoliyat o'rganildi

News image

Sanoati rivojlangan Jarqoʼrgʼon tumanida yiliga 450 ming tonna sement mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega “Surxontsementinvest” MJCh xorijiy korxonasi faoliyat yuritmoqda. 2019 yilda faoliyatini boshlagan, umumiy qiymati 78,9 mln dollar boʼlgan ushbu korxonaga 47,4 mln dollar xorijiy investitsiya mablagʼlari jalb qilingan.

1 photo_2023-02-22_19-58-15.jpg

Yiliga 225 mlrd soʼmlik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan 500 ming dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Hozirgi kunda 370 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritadi.

Viloyat hokimiga ushbu xorijiy korxonada mahsulot ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, kelgusidagi rejalalar, tayyorlanayotgan mahsulotlar turlari haqida axborot berildi. Loyiha hududi va ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlarini kengaytirish, ish oʼrinlarini koʼpaytirish boʼyicha vazifalar belgilandi.

photo_2023-02-22_19-58-15 (2).jpg

photo_2023-02-22_19-58-15 (3).jpg

photo_2023-02-22_19-58-15 (4).jpg

photo_2023-02-22_19-58-15.jpg

photo_2023-02-22_19-58-16 (3).jpg

photo_2023-02-22_19-58-16.jpg

photo_2023-02-22_19-58-17.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech