“SURXONSEMENTINVЕST” MCHJ XKda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chatlari ekildi

News image

Ma’lumki, yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari avj pallaga chiqdi. Joylarda bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt ko‘chatlari ekish, barcha shaharlar atrofida “yashil belbog‘”lar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qurilish materiallari sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarda ham yangi-yangi bog‘lar tashkil etilmoqda.

photo_2023-12-07_12-00-06.jpg

Ushbu xayrli ishlarga “SURXONSEMENTINVЕST” MCHJ XK xodimlari Miraziz Maqsudov boshchiligida o‘zining munosib hissasini qo‘shib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chatlarni ekishda faol ishtirok etishdi.

photo_2023-12-07_12-00-07.jpg

Jumladan, korxona hududida keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Korxonada ajratilgan yer maydoni tekislanib, xandaklar qazilib, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, ushbu joyda manzarali va mevali ko‘chatlar ekishdi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech