«SURXONSEMENTINVEST» XK tomonidan mijozlarga sifatli sement yetkazib berilmoqda

News image

Surxondaryo viloyati Jarqo‘g‘on tumanida joylashgan «SURXONSEMENTINVEST» XK mamlakatimizdagi yirik sement ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri sanaladi. Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat mamlakatimiz, balki qo‘shni davlatlarda ham xaridorgir. Hozirda korxonada M-450,M-500 markadagi sifatli sement turlari ishlab chiqarilmoqda. «SURXONSEMENTINVEST» XKda tayyorlangan mahsulotlardan nafaqat bino va inshootlar qurishda balki neft-gaz, suv xo‘jaligi sohalarida ham keng foydalanilmoqda. “Korxona mahsulotlari–mijoz uchun” tamoyilida ish tashkil etilgan. Sement mahsulotining ishlab chiqarilishidan tortib mijozga yetib borguncha nazoratda. Ayni paytda kuniga 1 ming 200 tonna sement mijozlarga o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Korxonada logistika bo‘yicha avto va temir yo‘l transporti ham mavjud.

IMG_8542.jpg

E’tiborlisi, korxona ishlab chiqarish faoliyatini to‘liq muqobil energiya ya’ni ko‘mirda amalga oshiradi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘mirning 6 foizi mahalliy, qolgan 94 foizi qo‘shni davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Yana bir ma’lumot, korxonaning ekologiyaga ta’sirini kamaytirish maqsadida zamonaviy filtrlar o‘rnatilgan.

photo_2022-04-29_10-17-16.jpg

Ma’lumot uchun, «SURXONSEMENTINVEST» XK 2019 yil davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida foydalanishga topshirilgan. Investitsiya loyihasining qiymati 60 mln dollarni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 360 ming tonna. Korxonaga Rossiya, Avstriya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxonada hozirda 400 dan surxondaryolik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech