Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida ibrat va namuna ko‘rsatayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Rasulov Ulugbek Djamalitdinovich - Chilonzor tumanidagi «Orient Ceramic» xususiy korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech