“Tadbirkorlar maktabi”ning 13-mavsumi yakuniga yetdi

News image

Tadbirkorlar maktabi – O‘zbekistondagi ilk qurilish materiallari sohasida innovatsion saloxiyatga ega bilim va malaka beradigan maktab bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari 72 soatga mo‘ljallangan o‘quv rejalar asosida respublikadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka, ko‘nikmaga hamda katta tajribaga ega fan doktorlari, fan nomzodlari, professorlar tomonidan olib borildi.

IMG_7247.jpg

IMG_7252.jpg

Tinglovchilar zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirilib, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda qurilish materiallarini sifat ko‘rsatkichlari muvofiqligini sinovdan o‘tkazish ishlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu kurslarda tinglovchilar qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, joriy biznesini zamonaviy asosda tashkil etish bo‘yicha mahorat darslarini o‘tadilar.

IMG_7256.jpg

IMG_7258.jpg

IMG_7264.jpg

IMG_7268.jpg

Maktab faoliyati davomida tadbirkorlik subyektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilish bilim va ko‘nikmalarini oshirib, mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida 4 ta modulga ajratilgan holda olib borildi.

O‘quv kurslari mutlaqo bepul, imkoniyatdan foydalaning!

IMG_7284.jpg

IMG_7292.jpg

Quyidagi manzillar orqali Tadbirkorlar maktabida o‘qish haqida batafsil ma’lumot olishingiz va o‘qish uchun so‘rovnoma to‘ldirishingiz mumkin.

Shoshiling, tinglovchilar qabul soni cheklangan!

Sayt: tadbirkormaktab.uz
Instagram: tadbirkorlar_maktabi
Telegram: https://t.me/Tadbirkormaktab
Telefon: +998971 254-92-01, +99897 727-87-84, +99893 336-44-37

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech