Tadbirkorlardan savol va takliflarni yig‘ish bo‘yicha respublika shtabi hamda «koll-markaz»iga tadbirkorlar tomonidan 200 ta murojaat va takliflar kelib tushgan

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov tadbirkorlardan kelib tushgan murojaat va takliflar tahlili haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil yanvar-iyun oylarida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 49 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 16 ta hamda bevosita uyushmaga 33 ta, shundan 6 ta yozma, 27 ta elektron shakldagi murojaatlar kelib tushgan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 8 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 21 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 11 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Tahlillar natijasida aksariyat murojaatlar uyushma tizimidagi Quvasoysement AJ, Bekobodsement AJ, Qizilqumsement AJ, Oxangaronsement AJga yo‘llangan. Xususan, fuqarolar tomonidan ishga kirish, ishga qayta tiklash, mutaxasisligi bo‘yicha ishlash xususida, ijtimoiy to‘lovlar ish haqi, moddiy yordam, kompensatsiyalar bo‘yicha, rahbariyat qabuliga kirish, shikoyatlar kabi masalalar bo‘yicha yo‘llangan.

Ushbu tahlillar asosida Uyushma hamda tizim tashkilotlari bilan birgalikda murojaatlarni tizimli o‘rganish, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oldidan Tadbirkorlardan savol va takliflarni yig‘ish bo‘yicha respublika shtabi hamda «koll-markaz»iga qurilish materiallari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar tomonidan 200 ta murojaat va takliflar kelib tushgan. Tadbirkorlar tomonidan asosan kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, pul kredit masalalari, yer va bino ajratish, soliq to‘lovlari, eksport ko‘magi va transport logistika bo‘yicha takliflar yo‘llangan. E’tiborlisi, ushbu murojaat va takliflarning 90 foizi ijobiy xal etilgan.

Shuni alohida qayd etish kerakki, o‘tgan 6 oy davomida Prezidentimizning hududlarga tashrif yakunlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarning 5 ta bayonnomasida uyushmaga belgilangan 11 ta topshiriq belgilangan muddatlarda bajarildi.

2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarning 2 ta bayonnomasida uyushmaga belgilangan 2 ta topshiriq belgilangan muddatlarda bajarildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech