Tadbirkorlarga yirik istiqbolli loyihalar taklif etildi

News image

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent city” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq Muloqoti” doirasida loyihaviy takliflar taqdimoti tadbiri bo‘lib o‘tdi. Anjuman onlayn va oflayn tarzda o‘tkazildi. Unda kimyo va farmatsevtika, charmsanoat va to‘qimachilik, elektrotexnika va mashinasozlik, qurilish materiallari va metallurgiya, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati alohida sho‘balarga bo‘lingan holda taqdimotlar o‘tkazishdi.

2 17-08-2023.jpg

3 17-08-2023.jpg

Qurilish materiallari va metallurgiya sanoati bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda dastlab, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qurilish materiallari va mebel sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Isoyev so‘zga chiqib mamlakatimizning investitsiya jozibadorligi, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, “O‘zsanoatqurilishmateriallar” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov yig‘ilganlarga Respublikada qurilish materiallari sohasi bo‘yicha yirik istiqbolli investitsiya loyihalarni taklif etdi. Unga ko‘ra, hududlardagi xom ashyo manbaidan kelib chiqib Jizzax viloyatida bazalt tolasi, Toshkent viloyatida yuqori float texnologiyasi va matlash asosida oyna, alyumin profillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida shisha tolali kompozitlar ishlab chiqarish kabi tadbirkorlarga loyihalar taqdim etildi. Shu bilan birga mamlakatimizda qurilish materiallariga bo‘lgan talab va taklif haqida ham ma’lumotlar berildi.

4 17-08-2023.jpg

5 17-08-2023.jpg

Navbatdagi taqdimotda metallurgiya yo‘nalishida amalga oshirilish kutilayotgan ishlar va yirik loyihalar haqida so‘z bordi.

Tadbir davomida tadbirkorlar soha mutasaddilari bilan ham muloqot qilishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech