Tarmoqlararo sanoat yarmarkasida mahalliy qurilish materiallari namoyish etildi

News image

Farg‘ona viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Farg‘ona shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatorining birinchi o‘rinbosari Marufxan Tulayev ishtirok etdi.

photo_2023-06-16_10-54-55.jpg

photo_2023-06-16_10-55-06.jpg

Bugungi yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad qo‘shni Qirg‘izistondagi imkoniyatlardan foydalangan holda Botken va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlari uchun manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, shuningdek, mahalliy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

photo_2023-06-16_10-55-17.jpg

photo_2023-06-16_10-55-21.jpg

photo_2023-06-16_10-55-28.jpg

photo_2023-06-16_10-55-32.jpg

Mehmonlar yarmarkada viloyatlardan tashrif buyurgan 200 dan ziyod to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektrotexnika, avtomobilsozlik korxonalari mahsulotlari va viloyatda ishlab chiqarilayotgan boshqa sanoat mahsulotlari namunalari, o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar hamda istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

photo_2023-06-16_10-55-34.jpg

photo_2023-06-16_10-55-35.jpg

photo_2023-06-16_10-55-37.jpg

photo_2023-06-16_10-55-39.jpg

photo_2023-06-16_10-55-42.jpg

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi tadbirda qurilish materiallari sanoatidan 20 dan ortiq korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Ma’lumki, Farg‘ona viloyati tabiiy resurslarga boyligi tufayli bu yerda boshqa hududlarga qaraganda qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Yildan-yilga sanoat korxonalari soni ham ortib bormoqda. Hududda qurilish oynasidan tortib suyuq oboygacha ishlab chiqariladi. Shu bois sanoat yarmarkasida qurilish materiallari paviloni yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etish bilan bir qator shartnomalar imzolashga ham erishishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech