Temir yo‘l xizmatlaridan foydalanayotgan qurilish materiallari sanoati korxonalari diqqatiga!

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi 2 etajidagi majlislar zalida (Toshkent shahri, Tafakkur 68A ko‘chasi) 2024-yilning 16-fevral kuni soat 15:00 da “Ko‘rsatilayotgan temir yo‘l xizmati, muammolar va ularni yechimi bo‘yicha takliflar” mavzusida “Davra suhbati” bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari (Ilyos Raximov) hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy, marketing hamda temir yo‘l vagoni ta’minotiga mas’ul rahbar xodimlar (Azimov Xasan, Mamadaliyev G‘ulom) ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, temir yo‘l xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish va keyingi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, mazkur uchrashuvda ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Tashkiliy masalalar bo‘yicha
Bekmuratov Murat +99899 360 21 00
Fayzulloyev Bekzod +99894 698 78 98

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech