- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Turkiyaning yirik lak-bo‘yoq ishlab chiqaruvchi “YALAZ” kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyat olib borish niyatida
Turkiyaning yirik lak-bo‘yoq ishlab chiqaruvchi “YALAZ” kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyat olib borish niyatida
4 Mar 2024
190
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Turkiyaning “YALAZ” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati va mutaxassislar ishtirok etishdi.
Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari va tadbirkorlik faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, eksport ko‘lami, lak-bo‘yoq ishlab chiqarish hajmi va qurilish materiallari turlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda lak-bo‘yoq ishlab chiqarish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiyaviy muhit bo‘yicha ham fikrlashildi.
Uchrashuv davomida mexmonlar O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatiga berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholar ekan, hamkorlikda ikki tomonlama manfaatlarga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirishdi. Shu bilan birga ikki davlat qurilish industriyasini o‘rganishda aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Tadbir davomida “YALAZ” kompaniyasi mahsulot turlari va sifati haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Ma’lumot uchun, “YALAZ” kompaniyasi lak-bo‘yoq ishlab chiqarishda Turkiyada yirik brendlardan biri sanaladi. Kompaniya mahsulotlari Yevroa va Osiyo mintaqasida o‘z nufuziga ega.