“UzStore EXPO-2023” xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi

News image

Bugun poytaxtimizdagi “INDEX” industrial biznes-parkida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ko‘magida “UzStore EXPO-2023” xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi. Unda Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan mashinasozlik, elektrotexnika, so‘nggi rusumdagi qurilish materiallari uskunalari va mahsulotlari namoyish etildi. Anjumanda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamda ikki davlat tadbirkorlari ishtirok etishdi.

IMG_9580.jpg

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mazkur ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad, namoyish etilayotgan mahsulotlar, mahalliy va xitoylik tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Respublikada qurilish materiallari materiallari sanoati rivoji, yirik investitsiya loyihalari, ishlab chiqarish va eksport-import ko‘rsatkichlari haqida ham so‘z yuritildi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda barcha sohalarda Xitoy kapitali ishtirokida qariyb 2000 ga yaqin korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, qurilish materiallari sanoatida sement, tabiiy pardozbop toshlar, issiqlik saqlovchi plitalar, sanitar-texnik buyumlar, keramik plitka kabi mahsulotlar ishlab chiqarishda xitoylik tadbirkorlar o‘rni beqiyos. Shu bois bunday xalqaro ko‘rgazmalar ikki davlat ishbilarmon doira vakillari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

IMG_9581.jpg

IMG_9582.jpg

Ko‘rgazmada Xitoy davlatining avtoklav gazobeton, temir-beton, zamonaviy g‘isht zavodi, chaqiq tosh, HPL panellari, pardozbop toshlar kabi qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnologiya va uskunalar namoyish etilmoqda. Shu bilan birga energetika va mashinasozlik sohalariga tegishli mahsulotlar ham taqdim etilmoqda.

IMG_9584.jpg

IMG_9605.jpg

Xalqaro anjumanda mahalliy tadbirkorlar ham qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishmoqda.

Ko‘rgazma 27-oktyabrgacha davom etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech