Xitoy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

News image

Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi va CUS INTERNATIONAL INVESTING DEVELOPMENT MCHJ QK hamkorligida “O‘zbekiston-Xitoy brend mahsulotlari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi vakillari, O‘zbekiston va Xitoylik ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.

photo_2023-10-24_15-28-47.jpg

photo_2023-10-24_15-28-48.jpg

Dastlab, mazkur ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad, namoyish etilayotgan mahsulotlar, mahalliy va xitoylik tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Xitoyning Xenan provinsiyasi vakillari so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalar haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport ko‘rsatkichlarini yanada oshirish ta’kidlandi.

photo_2023-10-24_15-28-49.jpg

photo_2023-10-24_15-28-50 (2).jpg

Ko‘rgazmada Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektro-texnika, to‘qimachilik va qurilish mahsulotlari namoyish etildi. So‘nggi rusumdagi quyosh panellari, isitish uskunalari, energiya tejamkor qurilish materiallari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

photo_2023-10-24_15-28-50.jpg

Ko‘rgazma 26 oktyabrgacha davom etadi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech