“Yashil makon” umummilliy loyihasi qurilish materiallari sanoat korxonalarida qizg‘in davom etmoqda

News image

Ma’lumki, yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari avj pallaga chiqdi. Joylarda bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt ko‘chatlari ekish, barcha shaharlar atrofida “yashil belbog‘”lar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qurilish materiallari sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarda ham yangi-yangi bog‘lar tashkil etilmoqda.

IMG_9794.jpg

IMG_9801.jpg

Toshkent viloyatida joylashgan “Ohangaronsement” AJ bog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Ohangaronsement” AJ rahbar-xodimlari ishtirok etishdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona bog‘iga manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi. Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi.

IMG_9813.jpg

IMG_9823.jpg

- Biz bugun tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi- deydi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov.- Buning uchun esa albatta ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratish eng muhim zururiyatdir. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bu bir yillik tadbir emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko‘chat ekishning o‘zigina kutilgan natijani bermaydi. Bugun jamoamiz tomonidan ekilgan daraxtlarni sug‘orish va parvarish ishlarini olib borish ham alohida nazoratga olingan. Agar har bir daraxt to‘g‘ri ekilsa va parvarish qilinsa, mamlakatimiz yashil hududga aylanadi.

IMG_9828.jpg

IMG_9852.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech