YTONG – xalq ishonchini qozongan brend

News image

Toshkent viloyatida joylashgan Germaniya texnologiyasi asosida avtoklav usulda gazobeton ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalardan biri "AKFA BUILDING MATERIALS" MCHJ hisoblanadi. 2022-yilning dekabr oyida YTONG brendi ostida avtoklav gazobeton ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxona yiligi 450 ming metr kub gazobeton ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Hozirda bu yerda 150 nafardan ortiq yoshlar mehnat qilishmoqda. Korxona to‘liq Germaniyaning “MASA GMBH”kompaniyasi texnologiyalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan.

IMG_9102.jpg

IMG_9110.jpg

Ma’lumot uchun, Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba’zan “sun’iy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.1 metr kub metr g‘isht 1800-2000 kg og‘irlikka ega bo‘lsa, shu hajmdagi gazobetonning og‘irligi atigi 500-700 kg ni tashkil etadi.

IMG_9117.jpg

IMG_9118.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech