8 март – Гўзаллик ва нафосат байрами!


Barchamiz orziqib kutgan bahorning ilk kunlarida kishilik jamoamizda mehnat qilayotgan barcha ayollarimizni tobora yaqinlashib kelayotgan 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridanoq muhtaram Prezidentimizning bevosita rahnamoligi ostida onalik va bolalikni himoya qilish, xotin-qizlarga munosib turmush, ish, dam olish hamda bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani va respublika hukumatining doimiy diqqat-markazida ekanligini e’tirof etishimiz joiz.

Sizlarni o‘zingiz kabi chiroyli va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Eng yaxshi tilaklar bilan,

Boshqaruv raisi

Ayxodjayev R.I.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech