O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zqurilishmateriallari” AJ tomonidan matbuot anjumani


2017 yil 26 iyulda soat 15-00 da O'zbekiston Milliy matbuot markazida “O'zqurilishmateriallari” AJ tomonidan Respublikamiz obyektlarini qurilish materiallari bilan ta’minlash borasidagi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar tomonidan bajarilgan ishlar, istiqboldagi rejalar va mavjud imkoniyatlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonni ulkan bunyodkorlik maydoniga qiyoslasak arziydi. Negaki, mamlakatimiz bo‘ylab ko‘plab yangi sanoat korxonalari, zamonaviy turarjoylar, ko‘rkam ijtimoiy-maishiy ob’ektlar jadallik bilan qurilayapti. Joylarda qad rostlayotgan bunday muhtasham inshootlar nafaqat turmushimizni yanada obod va farovon etayotgani, balki iqtisodiy qudratimizni yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Qurilish, bunyodkorlik bo‘layotgan Yurt, tinchlikdan, farovonlikdan, fayzu-barakadan darak beradi. Ushbu ishlarning samaradorligi ob’ektlarni sifatli qurilish materiallari bilan doimiy ravishda ta’minlab borishga bog‘liqdir.

Bundan maqsad – aholini arzon, sifatli, keng turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlash, yangi ish joylar ochish. Bunday materiallar ko‘p va arzon bo‘lsa, odamlar uy-joy quradi, yangi maktab va ishifoxonalar, korxonalar, yo‘llar bunyod etadi. Xalqimiz farovonligi yanada oshadi.

Bog'lanish uchun ma'lumotlar;

Manzil: 100070, Toshkent sh., Tafakkur ko'ch., 68 a

Transport: avtobuslar (18, 33, 38, 57, 58, 67, 81, 90, 98, 133), yo'nalish bo'yicha taksilar (12i, 71m, 98m)

Mo'ljal: Bobur parki, Pedagogika instituti, Ichan-Qala mehmonxonasi, Toshkent to'qimachilik va engil sanoati instituti 2-Akademik litseyi

Telefon: + (998 71) 252-2063, 252-2065

Faks: + (998 71) 255-7707

«O'zqurilishmateriallari» AJ ish jadvali: dushanba - juma: 9-00 – 18-00


Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 238.90 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech