2023-yilda sanoat korxonalari tomonidan 35,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan


PRЕSS-RЕLIZ

Joriy yilda sanoat korxonalari tomonidan 35,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2023-yilda 900 mln dollarlik eksport amalga oshiriladi. Shuningdek, 2023-yilda mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra 1,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Joriy yilning o‘tgan 8 oy mobaynida tarmoq korxonalari tomonidan 404 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 101 foizga bajarildi.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlarga 90 mln dollarlik metaldan buyumlar, 44 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 21 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 46 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 32 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 24 mln dollarlik gulqog‘oz, 16 mln dollarlik tabiiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga va hududlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan 2023-yilda jami 2,1 mlrd dollarlik 654 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, mazkur loyihalarni moliyalashtirishga 1,2 mlrd dollar xorijiy investitsiya va kreditlar jalb etiladi va 15 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bu loyihalarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak. Hududiy dasturlarga asosan qurilish materiallari sohasi bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 107,1 mln dollar bo‘lgan 125 ta, Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati 128,4 mln dollar bo‘lgan 115 ta, Samarqand viloyatida 228,5 mln dollar bo‘lgan 154 ta, Jizzax viloyatida 240,7 mln dollarlik 44 ta, Navoiy viloyatida 129,8 mln dollar bo‘lgan 74 ta, Namangan viloyatida esa 107,6 mln dollarlik 103 ta loyiha ishga tushiriladi.

Yirik investitsiya loyihalari asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax Navoiy, Namangan, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

Misol uchun, Navoiy viloyatida "Qizilqumsement" AJda 126 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga klinker (4-liniya) ishlab chiqarish quvvati 1,8 mln tonnaga kengaytirish loyihasi ishga tushirildi va 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Toshkent shahrida esa "Oriyent Keramik" MCHJ tomonidan yillik quvvati 9,0 mln.kv.m bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi va eksportbop keramik plitkalar ishlab chiqarish maqsadida yangi zavod foydalanishga topshirildi va 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Loyihaning umumiy qiymati 42 mln dollarni tashkil etdi.

Mamlakatimizning shimoliy hududi bo‘lmish Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 65 mln dollar investitsiya hisobiga "Qoraqalpoqsement" MCHJ QKda yuqori markali sement ishlab chiqarishni 1,1 mln tonnaga kengaytirish ishlari amalga oshirildi, test rejimida ishlamoqda. Natijada 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi sement, quvur va geosetkalar, keramogranit, burama mixlar, marmar, travertin va granit plitalari, temir-beton, keramik plitkalar, gipsokarton listlari, gazobeton va penobeton bloklari kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish yangi quvvatlari o‘zlashtiriladi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 2023-yilda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 7 ta, plastik quvur va fitinglar ishlab chiqarish bo‘yicha 9 ta, keramik plitkalar ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta, bazalt asosida kompozit materiallar va issiqlik saqlovchi mineral plitlar ishlab chiqarish bo‘yicha 5 ta, gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta, gipsokarton listlari ishlab chiqarish bo‘yicha 5 ta, gulqog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha 2 ta, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 ta loyihalar amalga oshiriladi.

Bugungi kunning eng dolzarb masalaridan bir bu uy-joy va boshqa binolarni energiya tejamkorligini ta’minlashdir. Bino va inshootlar energiya tejamkorligini oshirish maqsadida issiqlik saqlash bazalt momig‘i va mineral plitalar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Xususan, "Basalt Wool" MCHJda yillik quvvati 35 ming tonna, “O‘zmetkombinat” AJda yillik quvvati 12 ming tonna va “Akfa Insulation” MCHJda yillik quvvati 30 ming tonna quvvatlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘ygan holda yangi loyihalarni ham amalga oshirmoqdamiz.

Shu bois Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish Kengashi boshchiligida 2023-2025-yillarda umumiy qiymati 113,5 mln dollar va yillik quvvati 130 ming tonna bo‘lgan bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalari ishga tushiriladi. Xususan, Xorazm viloyatida yiliga 30 ming tonna bazalt mineral plitalari tayyorlovchi "Khorezm Insulation Group" MCHJ QK ishga tushiriladi. Shuningdek, Andijon va Namangan viloyatlarida ham yirik quvvatlar yaratiladi. Navoiy viloyatida “Petrovul” MCHJ QKda 12 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga 30 ming tonna bazalt mineral plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Investitsiya dasturiga ko‘ra 2023-yilda qo‘shimcha ravishda istiqbolli investitsiya loyihalari ham shakllantirilgan. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Andijon, Navoiy va Xorazm viloyatlarida quvvati 560 ming m3 bo‘lgan gazobeton bloklarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi rejalashtirilgan. Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarida gips va gipsokarton listlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi jami 118 mln dollarlik 11 ta yo‘nalishda loyihalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan. Hozirda yuqoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlar va loyihani moliyalashtirish manbalari aniqlanmoqda.

E’tiboringiz uchun raxmat!

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech