Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26.07.2019

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand tumanidagi «Agromir» mas'uliyati cheklangan jamiyatini borib ko‘rdi.

Qariyb 450 kishi doimiy ish bilan ta'minlangan korxonada yiliga 60 ming tonna sharbat va nektar, deyarli 6 ming tonna konsentratlar ishlab chiqarish quvvatiga mavjud bo‘lib, bugungi kunda 42 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarish va qadoqlash sexlari Italiya hamda Shveysariya texnologiyalari bilan jihozlangan. O‘tgan yili 2,1 million dollar, joriy yilda 5,5 million dollarlik eksport qilingan.

Davlatimiz rahbari meva-sabzavotlarni qayta ishlash jarayonini, tayyor mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech