Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
62

DAVLAT XIZMATI REGLAMENTI
“O'zqurilishmateriallari” AJ tuzilmasi, tarkibi, funktsiyalari, vazifalari, vakolatlari
va asosiy faoliyati to'g'risida axborotlar taqdim etish

1. Xizmat bayoni (pasporti)

1.1. Xizmat nomi:

“O'zqurilishmateriallari” AJ tuzilmasi, tarkibi, funktsiyalari, vazifalari, vakolatlari va asosiy faoliyati to'g'risida axborotlar taqdim etish.

1.2. Xizmat natijasi:

Xizmat natijasi bo'lib, "O'zqurilishmateriallari" AJ ning rasmiy veb-saytida taqdim etiladigan davlat xizmati ma'lumotlariga havola (URL) bo'yicha ochiq axborot nashr (tarqatish):

http://uzsm.uz/uz/about/

http://uzsm.uz/uz/activities/

http://uzsm.uz/uz/shareholders/

1.3. Xizmat ko'rsatuvchi organlar va blankalarni olish joylari:

Blankalar yoki boshqa hujjatlarning zarurati yo'q, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan murojaatlarga o'rnatilgan talablarga rioya etish yetarli hisoblanadi.

1.4. Huquqiy asoslar:

  • O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi Qonuni, 3.12.2014 y. №O’RQ-378;
  • O'zbekiston Respublikasi "Elektron hukumat to'g'risida" gi Qonuni 9.12.2015 yil, №O’RQ -395;
  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori 13.05.2015 y. №120;
  • “O'zqurilishmateriallari” AJ ustavi.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

1.6. So'rovnoma yuborish muddati:

Muddat belgilanmagan

1.7. Bajarish muddati:

Xizmat jamiyat tomonidan: rasmiy veb sayt orqali real vaqtda ko’rsatiladi.

1.8. Tasdiq berish muddati

Xizmat jamiyat tomonidan: rasmiy veb sayt orqali real vaqtda ko’rsatiladi.

2. Xizmatdan foydalanuvchilarni xabardor etish

2.1. Axborot tarkibi va hajmi

Har qanday ariza beruvchi shaxs quyidagi ma'lumotlarni olishi mumkin:

  • Xizmat ko'rsatuvchi organning joylashgan manzili, uning ish grafigi, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish tartibi;
  • Tuzilishi, tarkibi, funktsiyalari, vazifalari, vakolatlari va faoliyat faoliyati haqida.

2.2 Keng xabardor etish

“O'zqurilishmateriallari” AJ veb-sayti orqali

2.3. So'rovnoma bo'yicha xabardor etish

Axborot Jamiyatning rasmiy veb-saytida so’rov orqali real vaqtda beriladi.

Shu bilan birga, axborot quyidagi turlarda taqdim etadi:

Shaxsan: xizmatdan foydalanish bo'yicha istalgan savollarga dushanbadan-jumagacha
9-00 – 18-00 gacha og'zaki konsultatsiya (20 minutdan ko'p emas) berish va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda rasmiylashtirilgan standart matn, zarur hujjatlar tarkibi to'g'risida yozma ma'lumotni taqdim etish.

Faks bo'yicha: kecha-kunduz istalgan yozma so'rovnomalarni qabul qilish.

Elektron pochta orqali: kecha-kunduz matn ko'rinishida, murojaat etuvchining imzosi qo'yilgan (PDF) istalgan yozma so'rovnomalar yoki boshqa kelishilgan boshqa turdagilarni qabul qilish

2.4. Xizmat ko'rsatiladigan joy haqida xabardor qilish

Jamiyatning rasmiy veb-sayti – www.uzsm.uz

2.5. Foydalaniladigan hujjatlar blankalari (shakllari)

Ko'zda tutilmagan.

3. Xizmat ko'rsatish

3.1. Ish vaqti

24 soat.

3.2. Kutish shartlari

Kutish vaqti Internet kirish tezligiga bog'liq.

4. Xizmatni ko'rsatish tartibi

4.1. Zarur hujjatlar

Tayinlanmagan.

4.2. Xizmat narxi.

Xizmat bepul ko'rsatiladi.

4.3. Xizmat ko'rsatish bosqichlari

Xizmat bir etapli taqdim etiladi: Saytga so’rov - axborot bilan ta'minlanish.

4.4. Davlat xizmatini ko'rsatishning ichki idoraviy tartibi

Ichki idoraviy tartib mavjud emas.

4.5. Rad etish uchun asos

Etishmovchilig tartibi ko’zda tutilmagan.

5. Sifatni ta'minlash

5.1. Sifat ko'rsatkichlari

Avval ko'tarilgan masalalar bo'yicha qayta axborot berish qismida so'rovnomalarning yo'qligi.

5.2. Sifatsiz xizmat yuzasidan shikoyat qilish

Olingan axborot yuzasidan xizmat foydalanuvchisi tomonidan shikoyat qilishda uni shunga majbur qilgan aniq sabablarni ko'rsatish lozim. Shikoyat kiritish usuli – yozma ravishda shikoyatning mohiyatini bayon etgan holda belgilangan qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.



Fikr-mulohaza

Select date in calendar

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar


Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar so'rovda qatnashishi mumkin!


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech