Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
35

DAVLAT XIZMATI REGLAMENTI
«"O'zqurilishmateriallari" AJ asosiy faoliyati bo'yicha statistik hisobot taqdim etish»

1. Xizmat bayoni (pasporti)

1.1. Xizmat nomi:

AJ "O'zqurilishmateriallari" asosiy faoliyati bo'yicha statistik hisobot taqdim etish

1.2. Xizmat natijasi:

Xizmat natijasi bo'lib, "O'zqurilishmateriallari" AJ ning rasmiy veb-saytida taqdim etiladigan davlat xizmati ma'lumotlariga havola (URL) bo'yicha ochiq axborot nashr (tarqatish):

http://uzsm.uz/uz/shareholders/indicators/

http://uzsm.uz/uz/shareholders/reports/

http://uzsm.uz/uz/shareholders/financial-statements/

1.3. Xizmat ko'rsatuvchi organlar va blankalarni olish joylari:

Blankalar yoki boshqa hujjatlarning zarurati yo'q, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan murojaatlarga o'rnatilgan talablarga rioya etish yetarli hisoblanadi.

1.4. Huquqiy asoslar:

  • O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3.12.2014 y. №O’RQ-378;
  • O'zbekiston Respublikasi "Elektron hukumat to'g'risida" gi Qonuni 9.12.2015 yil,
    №O’RQ -395;
  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori 13.05.2015 y. №120;
  • “O'zqurilishmateriallari” AJ ustavi.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

1.6. So'rovnoma yuborish muddati:

Muddat belgilanmagan

1.7. Bajarish muddati:

Xizmat jamiyat tomonidan: rasmiy veb sayt orqali real vaqtda ko’rsatiladi.

1.8. Tasdiq berish muddati:

Xizmat jamiyat tomonidan: rasmiy veb sayt orqali real vaqtda ko’rsatiladi.

2. Xizmatdan foydalanuvchilarni xabardor etish

2.1. Axborot tarkibi va hajmi:

Har qanday ariza beruvchi shaxs quyidagi ma'lumotlarni olishi mumkin:

  • Xizmat ko'rsatuvchi organning joylashgan manzili, uning ish grafigi, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish tartibi;
  • statistik hisobot taqdim etish.

2.2  Keng xabardor etish:

“O'zqurilishmateriallari” AJ veb-sayti orqali

2.3. So'rovnoma bo'yicha xabardor etish:

Axborot Jamiyatning rasmiy veb-saytida so’rov orqali real vaqtda beriladi.

Shu bilan birga, axborot quyidagi turlarda taqdim etadi:

Shaxsan: xizmatdan foydalanish bo'yicha istalgan savollarga dushanbadan-jumagacha 9-00 – 18-00 gacha og'zaki konsultatsiya (20 minutdan ko'p emas) berish va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda rasmiylashtirilgan standart matn, zarur hujjatlar tarkibi to'g'risida yozma ma'lumotni taqdim etish.

Faks bo'yicha: kecha-kunduz istalgan yozma so'rovnomalarni qabul qilish.

Elektron pochta orqali: kecha-kunduz matn ko'rinishida, murojaat etuvchining imzosi qo'yilgan (PDF) istalgan yozma so'rovnomalar yoki boshqa kelishilgan boshqa turdagilarni qabul qilish

2.4. Xizmat ko'rsatiladigan joy haqida xabardor qilish:

Jamiyatning rasmiy veb-sayti – www.uzsm.uz

2.5.  Foydalaniladigan hujjatlar blankalari (shakllari):

Ko'zda tutilmagan.

3. Xizmat ko'rsatish

3.1. Ish vaqti:

24 soat.

3.2. Kutish shartlari:

Kutish vaqti Internet kirish tezligiga bog'liq.

4. Xizmatni ko'rsatish tartibi

4.1. Zarur hujjatlar:

Tayinlanmagan.

4.2. Xizmat narxi:

Xizmat bepul ko'rsatiladi.

4.3. Xizmat ko'rsatish bosqichlari:

Xizmat bir etapli taqdim etiladi: Saytga so’rov - axborot bilan ta'minlanish.

4.4. Davlat xizmatini ko'rsatishning ichki idoraviy tartibi:

Ichki idoraviy tartib mavjud emas.

4.5. Rad etish uchun asos:

Etishmovchilig tartibi ko’zda tutilmagan.

5. Sifatni ta'minlash

5.1. Sifat ko'rsatkichlari:

Avval ko'tarilgan masalalar bo'yicha qayta axborot berish qismida so'rovnomalarning yo'qligi.

5.2. Sifatsiz xizmat yuzasidan shikoyat qilish:

Olingan axborot yuzasidan xizmat foydalanuvchisi tomonidan shikoyat qilishda uni shunga majbur qilgan aniq sabablarni ko'rsatish lozim. Shikoyat kiritish usuli – yozma ravishda shikoyatning mohiyatini bayon etgan holda belgilangan qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.



Fikr-mulohaza

Select date in calendar

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar


Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar so'rovda qatnashishi mumkin!


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech