Savol-javob

Hurmatli sayt tashrifchilari!

Biz Sizlarning barcha takliflaringizni va mulohazalaringizni bajonidil ko'rib chiqishga, Sizni qiziqtirgan savollarga mamnuniyat ila javob berishga doim tayyormiz. Ammo Siz o'z murojaatlaringizda albatta ism-sharifingizni ko'rsatib o'tishingizni so'raymiz. Imzolanmagan xabarlarga biz javob qaytarmasligimizni Sizga ma'lum qilamiz.

Ma'muriyat




Умумий саволлар 13

  • Tekshiruv o'tkazishdan avval tekshiruvchi qanday hujjatlarni taqdim etishi kerakligi to'g'risida ma'lumot berishingizni so'rayman


    Tekshiruv o'tkazishdan avval tekshiruvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

    • Tekshiruv o'tkazishni belgilagan Nazorat organi tomonidan mansabdor shaxsga berilgan xizmat guvohnomasi.
    • Kengash yoki uning xududiy komissiyasi tomonidan agar tekshiruv rejaga kiritilgan bo'lsa, tekshiruvlar reja-jadvalidan ko'chirma.
    • Rejadan tashqari yoki qarshi tekshiruvni o'tkazish bo'yicha Kengash qarori yoki uning xududiy komissiyasining karori.
    • Nazorat organi tomonidan tekshirish maqsadi, tekshiruvchilar tarkibi va tekshiruvni o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan tekshirishni o'tkazish to'g'risida qabul qilingan buyruq.
    • Nazorat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirishni o'tkazish rejasi.
    • Tekshiruvchi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o'tganligi va tekshirishni o'tkazishga huquqi borligini tasdiqlovchi maxsus guvohnoma.
    • Tekshirishni, shu jumladan qarshi tekshirishni o'tkazishda, jinoiy ishlarni tekshirishda – tekshirish o'tkazishni belgilash to'g'risida tegishli huquqni muhofaza qilish organining qarori.
    • Tekshirishga auditorlik kompaniyasi va ekspertlar jalb etilganda – tekshiruvchi organ bidan auditorlik kompaniyasi yoki ekspert o'rtasida tuzilgan shartnomaning nusxasi.
  • Yangi loyihalarni kiritish, shuningdek tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga o'zgartirishlarni kiritish to'g'risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?


    Mahalliylashtirish dasturiga yangi loyihalarni kiritish, shuningdek tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga o'zgartirishlarni kiritish to'g'risidagi qaror:
    - Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarish Mahalliylashtirish dasturi bajarilishini ta'minlash bo'yicha Maxsus idoralararo komissiyasi - Mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarning parametrlariga o'zgartirishlar kiritishi mumkin, mahalliylashtirishning belgilangan darajasini kamaytirish bundan istisno;
    - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - Maxsus idoralararo komissiyasining taklifiga asosan Mahalliylashtirish dasturi loyihalarining parametrlari va ro'yxatiga o'zgartirish kiritishi mumkin.
  • Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi kim tomonidan tasdiqlanadi?


    Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi o'rnatilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
  • Mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan imtiyozlar ishlab chiqarishning qaysi hajmiga taalluqli bo'ladi?


    Mahalliylatirish dasturi bilan tasdiqlangan mahsulotning butun hajmiga taaluqli. Shu bilan birga, Mahalliylashtirish dasturi bilan ko'zda tutilgan ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish loyiha tashabbuskorlari tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarining chegarasida Maxsus idoralararo komissiya va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishmasdan amalga oshiriladi.
  • Mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi bilan bo'shaydigan mablag'lar nimalarga yo'naltiriladi?


    Mahalliylashtirish dasturi bo'yicha nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo'shaydigan mablag'lar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat ko'rsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini rag'batlantirishga yo'naltiriladi.
  • Mahalliylashtirish dasturi ilovasiga kiritilgan loyihalarni ekspertizadan o'tkazishning o'rnatilgan tartibi qanday?


    Loyihalar tashabbuskorlari takliflarini ko'rib chiqish va ular bo'yicha xulosalarni berish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-son qarori bilan tasdiqlangan “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o'zaro hamkorlik qilish tartibi to'g'risidagi nizom”ga asosan amalga oshiriladi.
  • Mahalliylashtirish dasturiga korxonalarni kiritishning maksimal muddatlari qanday?


    Korxona bir turdagi mahsulot bo'yicha Mahalliylashtirish dasturiga bir marta uch yildan ko'p

    bo'lmagan muddatga kiritiladi.

    Istisno tariqasida korxonaning Mahalliylashtirish dasturida qolish muddatini uzaytirish bo'yicha qaror Maxsus idoralararo komissiya tomonidan quyidagi shartlar bajarilganda qabul qilinadi:

    • mahalliy mineral-xom-ashyo resurslarini qayta ishlash yanada kengayotgan, yangi ishlab chiqarish, shu jumladan avval import qilinayotgan butlovchi qismlar va materiallarni sanoat kooperatsiyasi yo'li bilan o'zlashtirish hisobiga mahalliylashtirish darajasi chuqurlashtirilayotgan va mahalliylashtirilayotgan mahsulotning tannarxida import ulushining qismi kamayotganganda;
    • ichki bozor aynan shu turdagi mahalliylashtirilgan mahsulot (texnik ko'rsatkichlari va iste'mol xususiyatlariga ko'ra) bilan to'yinmagan yangi turdagi mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqishga o'tilayotganda.
  • Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun hujjatlar paketi qanday kelishiladi?


    Loyihalar tashabbuskorlari Mahalliylashtirish dasturi bo'yicha ishlab chiqilgan takliflarni Idoralararo Maxsus komissiya kotibiyatiga qog'oz ko'rinishda yoki elektron ravishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-son qarori 1-ilovasi IV bandida ko'rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadilar.
  • Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?


    Loyihani mahalliylashtirish dasturiga kiritish – hujjatlarni ishlab chiqish va Idoralararo Maxsus komissiya kotibiyatiga hujjatlarni kiritish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-son qarori 1-ilovasi bilan o'rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
  • Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish qanday amalga oshiriladi?


    Mahalliylashtirish dasturi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2010 yil 21 iyuldagi 154-son qarori 1-ilovasining II bo'limiga asosan amalga oshiriladi.

    Mahalliylashtirish dasturi tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi bajarilishini ta'minlash bo'yicha Maxsus idoralararo komissiya kotibiyati tomonidan kiritilgan takliflarni hisobga olgan holda shakllantiriladi:

    O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining import qilinadigan mahsulotning hajmini chuqur tahlil etish, tashqi bozorlar kon'yukturasi, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va maqsad shartnomalarni tizimli o'rganish natijalari asosida ishlab chiqilgan takliflari;

    O'zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining raqobat muhitining monopoliyalashtirish darajasi va rivojlanganligini baholash, ichki bozorning tovar (xizmatlar) bilan ularni bir birining o'rnini bosishini hisobga olgan holda o'zaro to'yinlangligi va narxni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan takliflari;

    O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar qo'mitasi, “O'zog'irneftgazkimyoloyiha” instituti va boshqa ixtisoslashtirilgan institutlar bilan respublikaning tabiiy, mineral-xom-ashyo, ilmiy-texnikaviy va mehnat potentsiali, shuningdek xududlarning tegishli infratuzilmasini tahlil qilish asosida tuzilgan takliflari;

    Loyiha tashabbuschilari – vazirliklar, tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xo'jalik birlashmalari va korxonalarning takliflari.
  • Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar uchun qanday imtiyozlar mavjud?


    Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar uchun eng asosiy ustunlik ularning quyidagi soliqlardan ozod etilganligidir:
    • olib kirilayotgan texnologik qurilmalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish texnologik protsessida foydalaniladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlar uchun bojxona bojlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar bundan istesno);
    • mahsulotning, uning mahalliylashtirish loyihalari bo'yicha ishlab chiqarilgan qismiga oid daromad solig'i va yagona soliq to'lovi;
    • asosiy ishlab chiqarish fondlarining mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan qismiga oid mol-mulk solig'idan.
  • Mahalliylashtirish dasturining maqsadlarini tushuntirib berishingizni so'rayman?


    Mahalliylashtirish dasturining asosiy maqsadi sanoat kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish mahalliy xom-ashyoni qayta ishlashga asoslangan holda mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqishni kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish.
  • Ma'muriyat bilan qanday bog'lanish mumkin?


    Elektron pochta orqali xat yozish mumkin, telefon orqali murojaat etish mumkin yoki an'anaviy pochta xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech