Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2014 yil yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2404,3 mlrd. so'mni tashkil etdi.

O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 105,5 %ni tashkil etdi. 210,2 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki davr prognoziga nisbatan 100,5%.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 7270 ming tn. yoki 2013 yilga nisbatan 103,1%, quruq qurilish aralashmalari- 52,5 ming tn. (115,4%), gipsokarton – 26,4 mln. kv. m (102,7%), keramik plitka – 459,9 ming kv.m (2,2 r.), devorbop materiallar – 68,6 mln. dona (103,2%) va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 54,2 mln. AQSh doll. yoki o'tgan yilning shu davri uchun 82,3%.

2014 yil yakuni bo'yicha kompaniya 518,2 mlrd.so'm sof foyda olishni rejalashtirgan, bu esa 2013 yilda olingan sof foydaning 102,1% ni tashkil etadi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 8858,0 mln.so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 165,8%ni tashkil etadi.

Investitsiya dasturining manzil qismiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi PQ-2069-son qarori) 2014 yilda hamda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Idoralararo kengashning qaroriga asosan (2014 yil 30 dekabrdagi 149-son bayoni) (2014 y. 31 dekabr 02-02/1-190-son) o'zlashtiriladigan mablag'lar hajmi 35,8 mln. AQSh doll.ga ekvivalent bo'lgan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan, shu jumladan 9,42 mln. AQSh doll. miqdoridagi chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda 17 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.

2014 yilda 37,69 mln. AQSh doll. (prognozga nisbatan 106,8% ) jalb etildi, 38,19 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi, shundan 9,42 mln. AQSh doll. chet el investitsiyalari va kreditlarini o'zlashtirish hisobiga (prognozga nisbatan 100%), shuningdek 10 ta loyiha amalga oshirildi. Bular:

- Andijon viloyati “Nayman Mel” MChJda 220 ming AQSh doll. miqdoridagi o'z mablag'lari hisobidan kimyoviy cho'kma bo'r ishlab chiqarishni tashkil etish (2014 y. 9 iyuldagi 318-k-son ishga tushirish dalolatnomasi);

- “Angren” erkin industrial zonasi hududida “ORIGINAL GOLD CERAMIC” chet el kompaniyasida arxitektura bezak g'isht ishlab chiqarishni tashkil etish (2014 y. 25 noyabrdagi 691-son ishga tushirish dalolatnomasi);

-“Jizzax” erkin industrial zonasi hududida «Sinoway Industrial Co» (XXR) (1-bosqich) ishtirokida mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash asosida zamonaviy energiya samarali qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish (2014 y. 9 iyuldagi 421-son ishga tushirish dalolatnomasi);

- “Quvasoytsement” AJ tsement tegirmonlarida elektr filtrlar, xom-ashyo tegirmonlari va tarozi dozatorlarini modernizatsiyalash (2014 y. 22 may, 2014 y. 10 iyundagidagi ishga tushirish dalolatnomasi);

- “Leading Force Company” QKda maydalash-saralash va asfalt aralashtirish kompleksini tashkil etish. Ishga tushirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmoqda.

- “Quvasoytsement” AJda 3,4,5,7,8-son tsement tegirmonlarida tortish reduktorlari tsexini modernizatsiyalash (2014 y. 22 maydagi ishga tushirish dalolatnomasi);

- “Bekobodtsement” AJda aylanuvchi pechlar roliklari ustuni va shlam nasoslari uzatmalarini modernizatsiyalash (2014 y. 20 oktyabrdagi 103-son ishga tushirish dalolatnomasi);

- Farg'ona shahrida «Moderna Ceramic Industries» QKda keramika plitkalarini ishlab chiqarishni tashkil etish (2014 y. 9 dekabrdagi 20-son ishga tushirish dalolatnomasi);

- “Ohangarontsement” AJda portlandtsement ishlab chiqarishda noan'anaviy xom-ashyo otilib chiqqan tog' jinslaridan kompleks foydalanish texnologiyasini o'zlashtirish (2014 y. 27 noyabrdagi ishga tushirish dalolatnomasi);

- “Bekobodtsement” AJda 4-son tsement tegirmoni asosiy uzatmasining A-2800 reduktorini VIKOV Gear reduktoriga almashtirish. Ishga tushirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmoqda.

Tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktyabrdagi PQ-1623-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AK tomonidan 7 ta loyihani, shu jumladan “O'zmetkombinat” AJ bilan bitta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.

To'rtta loyiha amalga oshirildi: «BML GROUP» MChJ, «PentUz» QK («Silk Road Ceramics» QK), «Stroy Max Invest» MChJ QK va «Moderna Ceramic Industries» QK.

2014 yil uchun amalda 19,47 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi (prognozga nisbatan 129,8%).

O'tkazilgan texnik auditga asosan kompaniya korxonalari tomonidan kompaniyaning 4ta korxonasida 2014 yil rejasi bo'yicha 3062,9 ming AQSh doll. miqdoridagi mablag'ni o'zlashtirish ko'zda tutilgan. Amalda kompaniyaning 5ta korxonasi tomonidan 7345,1 ming AQSh doll. miqdoridagi mablag' o'zlashtirildi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yil 1 yanvar holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 207,2 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 89,8%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yil 1 yanvar holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 199,4 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 91,2%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

Byudjetga va pensiya jamg'armasiga to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2015 yil 1 yanvar holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 45,6 mlrd. so'mni tashkil etadi, bu esa belgilangan norma 10% ga nisbatan amalda 2,2% ni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2014 uchun mahsulot tannarxi 128,4 mlrd. so'mga yoki 11,5 % ga kamaydi.

Hisobot davrida kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 402,1 mlrd. so'mni tashkil etdi, ishlab chiqarish ulushi 16,6% ni tashkil etdi.

2014 yilda tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini tashkil etish va kasanachilikni rivojlantirish Manzilli dasturiga asosan 1288 ta ish o'rinlarini tashkil etish ko'zda tutilgan edi, amalda Dastur bo'yicha belgilangan topshiriq 100,2% ga bajarildi, 1290 ta ish o'rni tashkil etildi, shu jumladan, investitsiya dasturi bo'yicha 263 ta ish o'rni, sohani rivojlantirish dasturi bo'yicha 944 ta ish o'rni va kasanachilikni rivojlantirish dasturi bo'yicha 83 ta ish o'rinlari tashkil etildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 47.50 KB


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech