Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2015 yil yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2200,2 mlrd.so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda maqsadli ko'rsatkich 106 % bo'lgani holda, amalda 106,1 % ni tashkil etdi.

174,3 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki davr prognoziga nisbatan 109,9%.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 7836 ming tn. yoki o'tgan yilga nisbatan 107,8 % , qurilish oynasi – 7,23 mln. kv.m (125,8%), keramik plitka – 881,3 ming kv.m (191,6%), ohak – 23,3 ming tn. (4,7 r.), quruq qurilish aralashmalari- 54,7 ming tn. (104,2%), devorbop materiallar – 69,2 mln. dona (100,9%) va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 54,5 mln. AQSh doll. yoki 2014 yilga nisbatan 100,6% ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 2015 yilda 11 742,95 mln.so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 116,2% ni tashkil etadi.

2015 yil Investitsiya dasturining manzil qismiga asosan hamda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Idoralararo kengashning qaroriga asosan (2015 yil 23 sentyabrdagi 174-son bayoni) (2015 y. 30 sentyabr 02-02/1-190-son) “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha umumiy qiymati 68,15 mln.AQSh doll. bo'lgan, shu jumladan 21,63 mln.AQSh doll. miqdorida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda 18 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan. Ushbu ishga tushiriladigan loyihalarning 6 tasi bo'yicha 105 ta yangi ish o'rinlarini yaratish rejalashtirilgan bo'lib, bu loyihalar hisobot davrida amalga oshirildi:

1. “Qizilqumtsement” AJ da aktivlashtirilgan ohak ishlab chiqarishni tashkil etish;

2. “Qizilqumtsement” AJ temir beton plitalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

3. “Knauf Gips Buxara” MChJ QKda gips kareri va burg'ulash qurilmalarini modernizatsiyalash;

4. “Quvasoytsement” AJ da hom-ashyo tsexini modernizatsiyalash, eskirgan shlam nasosini almashtirish. Ushbu loyiha “Ohangarontsement” AJ texnologik liniyasini (2 bosqich) modernizatsiyalash loyihasiga almashtirildi

5. “Qizilqumtsement” AJ da tog'-kon ishlab chiqarish jarayoni, xom-ashyo tegirmonini yumshoq ishga tushirish tizimi va magistral konveyerlar dvigatellarini modernizatsiyalash;

6. “Qizilqumtsement” AJ da tsement tegirmonlari pnevmokamera nasoslari va nishabli konveyerlar ishi texnologik protsesslariga avtomatik boshqaruv tizimini joriy etish.

Bulardan tashqari, qo'shimcha ravishda “Qizilqumtsement” AJ” da 7-son tsement tegirmonini qurish” loyihasi kiritilgan.

2015 yilning yanvar-dekabr oylari davomida 73,43 mln. AQSh doll. (prognozga nisbatan 107,7%) jalb etildi, 73,35 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi (prognozga nisbatan 107,6%).

2015-2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-son farmoni) “O'zqurilishmateriallari” AK tomonidan 11 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Amalda 2015 yil uchun 11 ta loyiha bo'yicha 18,87 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi yoki yillik prognozga nisbatan 100,1%, shulardan ishga tushirilgan 4 ta loyiha bo'yicha 12,37 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi:

1. “Qizilqumtsement” AJ da ohak ishlab chiqarishni tashkil etish;

2. “Qizilqumtsement” AJ 2-7-sonli tsement tsexlarida avtomatlashtirilgan tasma tarozi dozatorlarini o'rnatgan holda tsementni tortishda komponetlarni dozalash tizimini modernizatsiyalash;

3. “Qizilqumtsement” AJ da temir beton to'siq plitalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

4. “Qizilqumtsement” AJ da 1-3-son klinkerlari aylanma kuydirish pechlari tsiklonli issiqlik almashtirgichlariga xom-ashyo unini uzatish va dozalash avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

O'tkazilgan texnik auditga asosan kompaniya korxonalari tomonidan texnik audit bo'yicha rejalashtirilgan ishlar natijasida 6443 ming AQSh doll. miqdoridagi mablag' o'zlashtirildi (158,9%), 259 birlik qurilmalar o'zgartirildi va yangilandi (208,8%).

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2016 yil 1 yanvar holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 205,3 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 99,1%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2016 yil 1 yanvar holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 183,5 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 92,1%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

Byudjetga va pensiya jamg'armasiga to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2016 yil 1 yanvar holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 26,6 mlrd. so'mni tashkil etadi, 2015 yil 1 yanvar holatiga esa bu ko'rsatkich 53,7 mlrd. so'mni tashkil etgan edi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2015 yil uchun 139,9 mlrd.so'm miqdorida 164 ta shartnoma tuzildi. Amalda 2015 yil uchun 140,1 mlrd. so'm miqdorida xarid qilindi (100,1%), shuningdek 54,5 mln. AQSh doll. miqdorida mahsulotlar eksportga chiqarildi.

2015 yil uchun mahsulot tannarxi 118,2 mlrd. so'mga yoki 10 % ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash – 0,7%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish – 3,2%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari – 3,1%, qo'shimcha va boshqa harajatlar – 3% ga kamaydi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 18,8 mln.kub.m gaz, 23,9 mln. kvt. soat elektr energiyasi va 109,7 tn. dizel yoqilg'isi tejaldi.

Hisobot davrida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 361,7 mlrd. so'mni tashkil etdi, ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 16,4% ni tashkil etdi, 2014 yilda bu ko'rsatkich 15,1 %ni tashkil etgan.

2015 yilda tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini tashkil etish va kasanachilikni rivojlantirish Manzilli dasturiga asosan amalda 1455 ta ish o'rinlari tashkil etildi. Dastur bo'yicha belgilangan topshiriq 100,1 % ga bajarildi.

«Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturini bajarish bo'yicha 2015 yilda sog'liqni saqlash ob'ektlariga 61,4 ming tn., “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga 8,5 ming tn. tsement etkazib berildi.

Hisobot davrida 241,4 mln.so'm miqdorida yoki davr prognoziga nisbatan 105% sog'liqni saqlash, sanatoriya-kurort xizmatlari ko'rsatildi. Bu ko'rsatkich 2014 yilga nisbatan 112,4% ni tashkil etadi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 17.86 KB


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech