2015 yil 1 choragi uchun “O'zqurilishmateriallari” AK ish yakunlari

2015 yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1052,3 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 105,9 % ni tashkil etdi.

91,0 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2014 yilning 1 yarmiga nisbatan 104,1%.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 3849 ming tn. yoki o'tgan yilning shu davri uchun 106,3%, qurilish oynasi – 3,7 mln.kv.m (147,2%), keramik plitka – 504 ming m (6,2 marta), ohak – 4,6 ming tn. (142,6%) va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 31,57 mln. AQSh doll. yoki 2014 yilning 1 yarim yilligiga nisbatan 115,3% (27,38 mln.AQSh doll.) yoki davr prognoziga nisbatan 78,1% (40,43%).

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 4850,1 mln. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 134,8% ni tashkil etadi.

2015 yilning 1 yarim yilligi uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining mazilli qismi doirasida 25,02 mln. AQSh doll. (investitsiyalarni o'zlashtirish bo'yicha ko'zda tutilgan ko'rsatkichlarni (kir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015 yil 26 iyundagi 05/1-5454-son) hisobga olgan holda prognozga nisbatan 125,8%), shundan 4,41 mln. AQSh doll. chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etish hisobiga (100,2%).

2015-2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2015 yilning 1 yarmida amalda 14,62 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi, shu jumladan, 4,21 mln. AQSh doll. miqdorida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etish hisobiga. “Qizilqumtsement” AJda ohak ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi ishga tushirildi va 45 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi.

O'tkazilgan texnik auditga asosan kompaniya korxonalari tomonidan amalda joriy yilning birinchi yarmida 523,7 ming AQSh doll. prognoz bo'lgani holda 525,8 ming AQSh doll. o'zlashtirildi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yil 1 iyul holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 205,8 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 99,3%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yil 1 iyul holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 178,2 mlrd.so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 89,4%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

Byudjetga va pensiya jamg'armasiga to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2015 yil 1 iyul holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 44,39 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2015 yil uchun 139,9 mlrd. so'm miqdorida 164 ta shartnoma tuzildi. Joriy yilning 1 yarmida 74,5 mlrd. so'm miqdorida shartnomalar tuzildi yoki prognozga nisbatan 100,1%.

2015 yil uchun tsement ishlatish balansini bajarish va tsement ishlab chiqarish bo'yicha 2015 yilning 1 yarim yilligida 3849 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 106,6% ni va 2014 yilning shu davriga nisbatan 106,3% ni tashkil etadi.

Tuzilgan shartnomalarga asosan tsement o'z vaqtida etkazilmoqda, O'zbekiston Respublikasi tovar va xom-ashyo birjasi birja savdolari orqali etkazib berish 121,5% ga bajarildi.

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2015 yilning yanvar-iyun oylari uchun mahsulot tannarxi 56,35 mlrd. so'mga yoki 10% ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash – 0,7%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish – 3,2%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari – 3,2%, qo'shimcha va boshqa harajatlar – 2,9% ga kamaydi.

Hisobot davrida kichik biznes korxonalari tomonidan 161 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarish ulushi 15,3% ni tashkil etdi.

2015 yilning 1 yarim yilligida tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini tashkil etish va kasanachilikni rivojlantirish Manzilli dasturiga asosan 248 ta ish o'rinlarini tashkil etish ko'zda tutilgan edi, amalda 277 ta ish o'rni tashkil etildi, shu jumladan, investitsiya dasturi bo'yicha 119 ta ish o'rni, sohani rivojlantirish dasturi bo'yicha 98 ta ish o'rni va kasanachilikni rivojlantirish dasturi bo'yicha 60 ta ish o'rinlari tashkil etildi. Yangi ish o'rinlarini tashkil etish prognozi 111,6% ga bajarildi.

«Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturini bajarish bo'yicha 2015 yilning 1 yarim yilligida sog'liqni saqlash ob'ektlariga 38,5 ming tn., “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga 6 ming tn. tsement etkazib berildi.

Hisobot davrida 100,3 mln.so'm miqdorida yoki davr prognoziga nisbatan 100% sog'liqni saqlash, sanatoriya-kurort xizmatlari ko'rsatildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 44.00 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech