2016 yil 1 choragi uchun “O'zqurilishmateriallari” AK ish yakunlari

2016 yil 1 choragi yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 551,7 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 106,1 % ni tashkil etdi.

42,8 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 103,3%.

Hisobot choragida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 1811,7 ming tn. yoki 2015 yil 1 choragiga nisbatan 106,8%, qurilish oynasi – 1,9 mln.kv.m (103,4%), gipsokarton plitalari – 5,6 mln. kv.m (119,8%), ohak – 5,1 ming tn. (11,2 marta), qurilish gipsi – 11,1 ming tn. (111,6%), quruq aralashmalar – 11,2 ming tn. (144,7%) va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 10,04 mln. AQSh doll., bu esa davr prognoziga nisbatan 104,6% ni va 2015 yil 1 choragiga nisbatan 122,4% ni tashkil etadi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 2271,8 mln. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 112,5% ni tashkil etadi.

2016 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 69,40 mln. AQSh doll. miqdorida 15 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan, shu jumladan, jami o'zlashtirish miqdori 14,31 mln.AQSh doll. bo'lgan 6 ta yangi loyihani ishga tushirish ko'zda tutilgan.

Loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallariga asosan 1 chorakda 11,5 mln. AQSh doll. miqdoridagi mablag'ni o'zlashtirish ko'zda tutilgan, amalda 20,21 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi (prognozga nisbatan 175,9%), shundan 14,16 mln. AQSh doll. chet el investitsiyalari va kreditlari hisobiga to'g'ri keladi (267,7% prognozga nisbatan).

2015 - 2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2016 yilning 1 choragida 7,10 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi yoki prognozga nisbatan 123,4%.

O'tkazilgan texnik audit natijalariga asosan kompaniya korxonalari tomonidan 2016 yil uchun ma'naviy va jismonan eskirgan uskunalarni ishlab chiqarishdan chiqarish va yangilash bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallari ishlab chiqildi.

Texnik audit bo'yicha rejalashtirilgan ishlardan 300 ming AQSh doll. o'zlashtirildi (100%), bir birlikdagi uskunani almashtirildi va yangilash ishlari amalga oshirildi (100%).

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2016 yilning 1 aprel holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 377,8 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 98%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2016 yilning 1 aprel holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 332,7 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 95%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas. Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

Byudjetga va pensiya jamg'armasiga to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik maqjud emas.

2016 yilning 1 aprel holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 41,3 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2016 yil uchun 195,1 mlrd. so'm miqdorida 270 ta shartnoma tuzildi. 2016 yilning 1 choragida amalda 43,1 mlrd. so'm miqdorida xaridlar amalga oshirildi.

2016 yil uchun tsement ishlatish balansini bajarish va tsement ishlab chiqarish bo'yicha 2016 yilning yanvar-mart oylari yakuni uchun 1811,7 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 106,0% ni va 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,8% ni tashkil etdi.

Tuzilgan shartnomalarga asosan tsement o'z vaqtida etkazilmoqda, O'zbekiston Respublikasi tovar va xom-ashyo birjasi birja savdolari orqali etkazib berish 108,3% ga bajarildi.

2016 yilning 1 choragi uchun mahsulot tannarxi 38,1 mlrd. so'mga yoki 10,1% ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash – 0,7%, xom-ashyo va materiallar uchun harajatlarni optimallashtirish – 4,2%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari – 1,5%, qo'shimcha va boshqa harajatlar – 3,7% ga kamaydi.

Hisobot davrida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 65,7 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 11,9% ni tashkil etdi.

2016 yilning 1 choragida tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish va kasanachilikni rivojlantirish manzilli dasturiga asosan amalda 307 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi, dastur 114,1% ga bajarildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 47.00 KB


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech