Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2016 yil 1 yarim yillik yakunlari bo'yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1328,3 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, o'sish sur'ati qiyosiy narxlarda 106,3% ni tashkil etdi.

104,5 mlrd. so'm miqdorida xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 105,6%.

Hisobot choragida ishlab chiqarilgan mahsulotlar: tsement 3855,8 ming tn. yoki 2015 yil 1 yarim yillik nisbatan 100,3%, qurilish oynasi – 3,77 mln.kv.m (102,9%), gipsokarton plitalari – 5,6 mln. kv.m (119,8%), ohak – 13,2 ming tn. (172,1 marta), qurilish gipsi – 30,0 ming tn. (101,6%), quruq aralashmalar – 30,2 ming tn. (120,3%), sopol plitkalar - 535 kv.m (111%), devorbop materiallari - 30,7 mln. dona (120.8%) va boshqalar.

Eksportga chiqarilgan mahsulot hajmi 28,8 mln. AQSh doll., bu esa davr prognoziga nisbatan 100% ni va 2015 yil 1 yarim yillik nisbatan 120% ni tashkil etadi.

Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 4 780,9 mln. so'm miqdorida mahsulot ishlab chiqildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 100,1% ni tashkil etadi.

2016 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-son qarori) “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha umumiy o'zlashtirish qiymati 69,40 mln. AQSh doll. miqdorida 15 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan, shu jumladan, jami o'zlashtirish miqdori 14,31 mln.AQSh doll. bo'lgan 6 ta yangi loyihani ishga tushirish ko'zda tutilgan.

Loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallariga asosan 1 yarim yillik yakunlarida amalda 35,81 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi (prognozga nisbatan 127,2%), shundan 18,5 mln. AQSh doll. chet el investitsiyalari va kreditlari hisobiga to'g'ri keladi (134,3% prognozga nisbatan).

2015 - 2019 yillarda tarkibiy qayta o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturiga asosan 2016 yilning 1 yarim yillik yakunlarida 18,2 mln. AQSh doll. o'zlashtirildi yoki prognozga nisbatan 15,24 mln.doll. (119,4%).

O'tkazilgan texnik audit natijalariga asosan kompaniya korxonalari tomonidan 2016 yil uchun ma'naviy va jismonan eskirgan uskunalarni ishlab chiqarishdan chiqarish va yangilash bo'yicha loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallari ishlab chiqildi.

Texnik audit bo'yicha rejalashtirilgan ishlardan 5 821 ming AQSh doll. o'zlashtirildi (180,3%), bir birlikdagi 24 ta uskunani almashtirildi va yangilash ishlari amalga oshirildi (109,1%).

Tezkor ma'lumotlarga asosan 2016 yilning 1 iyul holatiga ko'ra debitor qarzdorlik 359,4 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 98%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas.

2016 yilning 1 iyul holatiga ko'ra kreditor qarzdorlik 260,3 mlrd. so'mni tashkil etdi (o'tgan yilning shu davri uchun 95%), muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emas. Zarar bilan ishlovchi korxonalar mavjud emas.

Hisobot davri yakunlari bo'yicha umuman olganda “O'zqurilishmateriallari” AK bo'yicha shaxsiy aylanma mablag'lar etarli.

Byudjetga va pensiya jamg'armasiga to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik maqjud emas.

2016 yilning 1 iyul holatiga ko'ra korxona omborlaridagi tayyor qoldiq mahsulotlar 43,3 mlrd. so'mni tashkil etadi. Normativdan ortiq qoldiq mavjud emas.

O'tkazilgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2016 yil uchun 195,1 mlrd. so'm miqdorida 270 ta shartnoma tuzildi. 2016 yilning 1 yarim yillikda amalda 97,9 mlrd. so'm miqdorida xaridlar amalga oshirildi (100,1%).

2016 yil uchun tsement ishlatish balansini bajarish va tsement ishlab chiqarish bo'yicha 2016 yilning yanvar-iyun oylari yakuni uchun 3855,8 ming tn. tsement ishlab chiqarildi, bu esa davr prognoziga nisbatan 101,6% ni va 2015 yilning shu davriga nisbatan 100,3% ni tashkil etdi.

Tuzilgan shartnomalarga asosan tsement o'z vaqtida etkazilmoqda, O'zbekiston Respublikasi tovar va xom-ashyo birjasi birja savdolari orqali etkazib berish 106,5% ga bajarildi.

2016 yilning 1 yarim yillik uchun mahsulot tannarxi 76,8 mlrd. so'mga yoki 10,1% ga kamaydi, shu jumladan, energiya resurslarini tejash – 3,9%, ekspluatatsiya harajatlari va ma'muriy-boshqaruv apparatini ta'minlash harajatlari – 1,5%, qo'shimcha va boshqa harajatlar – 4,7% ga kamaydi.

Hisobot davrida kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan 185,0 mlrd. so'm miqdorida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlar hajmidagi salmoq o'lchovi 14,0% ni tashkil etdi.

2016 yilning 1 yarim yillikda tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish va kasanachilikni rivojlantirish manzilli dasturiga asosan amalda 775 ta yangi ish o'rinlari tashkil etildi, dastur 101,6% ga bajarildi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 52.50 KB


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech