130 ming tonna bo‘lgan bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish quvvati yaratiladi

News image

Bugungi kunning eng dolzarb masalaridan bir bu uy-joy va boshqa binolarni energiya tejamkorligini ta’minlashdir. Bino va inshootlar energiya tejamkorligini oshirish maqsadida issiqlik saqlash bazalt momig‘i va mineral plitalar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan bir qator islohotlar olib borilmoqda. Xususan, "Basalt Wool" MCHJda yillik quvvati 35 ming tonna, “O‘zmetkombinat” AJda yillik quvvati 12 ming tonna va “Akfa Insulation” MCHJda yillik quvvati 30 ming tonna quvvatlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘ygan holda yangi loyihalarni ham amalga oshirmoqda.

1 IMG_9137.jpg

Shu bois Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish Kengashi boshchiligida 2023-2025 yillarda umumiy qiymati 113,5 mln dollar va yillik quvvati 130 ming tonna bo‘lgan bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalari ishga tushiriladi. Xususan, Xorazm viloyatida yiliga 30 ming tonna bazalt mineral plitalari tayyorlovchi "Khorezm Insulation Group" MCHJ QK ishga tushiriladi. Shuningdek, Andijon va Namangan viloyatlarida ham yirik quvvatlar yaratiladi. Navoiy viloyatida “Petrovul” MCHJ QKda 12 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga 30 ming tonna bazalt mineral plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Вредна-ли-базальтовая-вата.jpg

Hozirda issiqlik saqlovchi qurilish materiallari nafaqat mahalliy bozorlarga, balki qo‘shni davlatlarga ham yetkazib berilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech