- Главная
- Press center
- Mass media
- Joint-stock company “Oʻzqurilishmateriallari” : More than 200 new jobs have been created in the Surkhandarinsky region
Joint-stock company “Oʻzqurilishmateriallari” : More than 200 new jobs have been created in the Surkhandarinsky region
The text is presented in the state language
Shu jihatdan taʼkidlash joizki, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalarning soha ravnaqi yoʻlidagi bu kabi yangiliklarga intilishi bugun asosiy va muhim maqsadga aylanib ulgurdi.
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida ishga tushirilgan “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Sherobod sement zavodi ham shunday yangiliklardan biri.
Yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ushbu korxonada hozir 1 ming 200 nafar tuman aholisi doimiy ish bilan taʼminlangani katta eʼtirofga loyiq. Negaki, bu yerda yangi quvvat faoliyati natijasida aholining bunday mahsulotga boʻlgan ehtiyoji qondirilishi barobarida aksiyadorlik jamiyati tomonidan bandlik masalasini hal etishdagi dadil qadam deyish mumkin.
Bugun vohada yana bir korxona oʻz faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Bu granit, gabbro qazib olish va qayta ishlash korxonasidir. Sherobod tumanida “Komfort inert servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amaliyotga tatbiq etilayotgan mazkur yangi quvvatning pardozbop tosh bilan taʼminlash zahirasi 1 million 597 ming metr kubni tashkil etadi. Yaʼni, bunda “Zarabogʻ” (1979) granit, gabbro koni sanoat usulidan foydalaniladi.
“Komfort inert servis” maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga vakolatli davlat organi tomonidan qayd etib oʻtilgan konning bir qismiga 2017 yil may oyida tegishli litsenziya berilgan. Xorijdan qiymati 2,5 million dollarlik tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlashga moʻljallangan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ushbu korxonaning yillik granit va gabbro plitalar ishlab chiqarish quvvati 300 ming kvadrat metr tashkil etmoqda.
Mazkur korxona taʼsischisi Bahodir Qodirovning maʼlumot berishicha, yangi korxona tumandagi “Zarabogʻ” qishloq fuqarolar yigʻini hududiga qarashlidir. Sherobod tuman hokimligi taassurifidagi umumiy 5 gektar yer maydoni boʻsh boʻlgan va u tashlandiq holatda turgan. Ushbu ishlab chiqarish binosining “nol” qiymatda berilishi esa keng imkoniyatlar ochishda muhim omil boʻldi. Eng muhimi, 205 nafar mahalliy aholi doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanganini katta quvonch bilan taʼkidlamoq zarur. Jami 5 million 100 ming dollar sarf qilingan yangi loyihaning 2 million 900 ming dollari miqdoridagi mablagʻ tashabbuskor hissasiga toʻgʻri kelsa, 2,2 million dollari esa “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki kreditlari oʻzlashtirilishi hisobidandir.
Muxtasar aytganda, yangi korxona faoliyati nafaqat yurtimizda, balki qoʻshni davlatlarda keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari uchun zarur boʻlgan tabiiy tosh mahsulotining ichki va tashqi bozorda oʻz xaridorini topish imkoniyatini beradi.
Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA
Be aware of new events on the telegram of the channel "@Ozqurilishmateriallari" in facebook "@aouzsm" in instagramm "uzbuildmaterials"