O'zqurilishmateriallari Joint Stock Company: More than 200 new workplaces created in Sirdarya region


The text is presented in the state language

Avgust oyida foydalanishga topshirilgan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi “Boyovut Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yuz nafar fuqarolar muqim ish bilan ta’minlandi. Boyovut tumani “Uchturgon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yangi quvvat hozirgi kunda yiliga 36 million dona g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Qiymati 8 milliard 750 million so‘m bo‘lgan mazkur loyihaning 750 million so‘mi tashabbuskor hissasiga to‘g‘ri kelsa, 8 milliard so‘mi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki kredit mablag‘laridir.

Shuningdek, Guliston shahridagi “Tosh Beton Bezaklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati beton mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, shahardagi “Mehr Nuri Gulnora” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 1500 tonna beton qorishmasi mahsulotlari ishlab chiqara boshladi. Sayxunobod tumanidagi “Sohil Yo'l Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan loyiha qiymati 450 million so‘m bo‘lib, bu yerda yiliga 60 ming kvadrat metr bruschatka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

– Qurilish mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda, – dedi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasidagi “O‘zqurilishmateriallariLITI” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha qurilish materiallari sohasiga doir investitsiya loyihalari yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi mutaxassisi Behzod Omonliqov. – Bunday ehtiyojni qondirish uchun “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimiz hududlarida yangi quvvatlarni ishga tushirishga e’tibor qaratilmoqda. Birgina shu yilning o‘zida ishga tushirilgan korxonalar faoliyati sabab 219 nafar sirdaryolik fuqaro ish bilan ta’minlandi. Albatta, bunday qulayliklar viloyat aholisiga har tomonlama foyda beradi. Ularga qurilish jarayonida zarur mahsulotlarni xarid qilish uchun uzoq masofa yo‘l bosmay, aksincha, o‘z hududidan sotib olish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Sayxunobod tumanida “Sohil Yo'l Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati bruschatka va “Ozod Malika Yo'l Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 25 million dona shlakablok va bruschatka ishlab chiqarayotgani va boshqa yangi korxonalar faoliyati bunga yaqqol misoldir.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Be aware of new events on the telegram of the channel "@Ozqurilishmateriallari" in facebook "@aouzsm" in instagramm "uzbuildmaterials"

Мероприятия calendar icon

Click to listen highlighted text! Powered by GSpeech