Held a seminar devoted to "Fire Safety Day"


The text of the Articles is presented in Uzbek.

Assalomu aleykum seminar ishtirokchilari, aziz mehmonlar!

So‘zimning avvalambor, mamlakatimiz fuqarolarining tinch va osuda hayotini ta’minlashga, respublika barqarorligiga va yanada gullab-yashnashiga qaratilgan sharafli mehnatingiz uchun o‘zimning samimiy tashakkurimni izhor etomoqchiman!

Joriy yilda “Davlat ahamiyatidagi ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash” mavzusida o‘tkazilayotgan seminarni tashkillashtirishga bag‘ishlangan bugungi tadbir, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati vakillariga nasib etganligidan g‘oyat mamnunmiz.

Aytish joizki, qurilish materiallarini ishlab chiqarish tarmog‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarishning yuqori haroratli rejimlari bilan uzviy bog‘liqdir. Sement ishlab chiqarish, g‘isht kuydirish, qazilmagohlardagi portlatish ishlari kabi jarayonlar xavfli ishlab chiqarish maydonlarining tanqidiy baholanishini talab etadi.

Shuning uchun ham bugungi seminarning asosiy vazifasi nafaqat toifalangan ob’ektlardagi yong‘in xavfsizligining joriy holatini yoritish, balki har bir xodimda yong‘in xavfsizligi madaniyatini shakllantirish hamdir.

Bundan tashqari, biz yong‘in xavfsizligi va mehnat xavfsizligi sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlab olishimiz hamda ularni hal etish yo‘llarini topishimiz lozim.

O‘z o‘rnida qurilish materiallarini ishlab chiqarish tarmog‘idagi yong‘in xavfsizligi holatini qisqacha yoritib bermoqchiman.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazib borish to‘g‘risida” gi 2011 yil 18 noyabrdagi 309-sonli qaroriga muvofiq, Respublika hududida kuz-qish isitish mavsumida, jumladan, “Yangi - 2017 yil” bayramini nishonlash paytida, yong‘inlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilishini kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvarigacha yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarning muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati o‘z tasarrufidagi yirik va o‘rta biznes korxonalari bilan birgalikda korxonalarda yong‘inlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rmoqda.

Xususan, yuqoridagi qarorga asosan jamiyat tasarrufidagi barcha korxonalar xodimlarini yong‘in xavfsizligi qoidalariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv sinflari tashkil etilgan. O‘quv sinflar plakatlar, ko‘rgazmali qurollar, yong‘inga qarshi asbob-uskunalar, yonmaydigan kiyim-bosh, zamonaviy turdagi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan.

Barcha yong‘in o‘chirish vositalari, jumladan, gidrantlar, rezervuarlar, hovuzlar va avtomashinalar nazorat ostiga olingan.

Elektr щitlari va tashqi elektr o‘tkazgichlari doimiy ravishda tekshiruvdan o‘tkazib boriladi.

Korxonalarda maxsus buyruqlar chiqarilgan bo‘lib, ularda muhandislik-texnika xodimlaridan iborat mas’ullar va ijro muddatlari belgilangan. Shuningdek, yong‘indan qo‘riqlovchi nozirlar ishtirokida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ushbu nozirlar korxonalar xodimlarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishga ham jalb etilmoqdalar.

Yirik biznes korxonalari video kuzatuv kameralari va korxonalarning perimetri bo‘yicha qo‘riqlash postlari bilan jihozlanganlar. Shuningdek, korxonalarda ichki aloqa tizimi ham o‘rnatilgan.

Barcha yirik va o‘rta biznes korxonalarida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda me’yoriy hujjatlariga muvofiq yong‘in xavfsizligi qoidalari va yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan.

Mazkur davr mobaynida yirik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan 279 dona yong‘in o‘chirish vositalari yangilandi va qayta zaryadlandi. Shuningdek, umumiy qiymati 120 mln. so‘mlik 535 dona OU-5 rusumidagi yangi yong‘in o‘chirish vositalari, “HOVO” rusumidagi umumiy qiymati 1 mlrd. 310 mln. so‘mlik 2 dona o‘t o‘chirish avtomobillari, yong‘in xizmati xodimlari uchun umumiy qiymati 400 mln. so‘mlik 200 dona yonmaydigan maxsus kiyim-bosh, umumiy qiymati 37 mln. 440 ming so‘mlik 42 dona yong‘in gidrantlari harid qilindi.

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi kunlari” o‘tkazilmoqda. Shu sababli jamiyat tasarrufidagi yirik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan yong‘inlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi. Ushbu masalada nazorat kuchaytirildi.

Ta’kidlash lozimki, toifalangan korxonalarda o‘z yong‘in texnikalari mavjuddir. Ular yaroqli holda bo‘lib, yong‘in xavfi mavjud ob’ektlarda sodir bo‘ladigan nohush vaziyatlarda tezkor harakat qilishga doimo shaydir.

Bu borada korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuxtalib o‘tsak

Xususan,

“Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Yong‘in xavfsizligi uchun ma’sullar”, “Yong‘in xavfsizligining texnik komissiyasi”, “Sex va bo‘linmalarda yong‘in posbonlarini tayinlash” bo‘yicha buyruqlar chiqarilib, ularga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar doimiy ravishda kiritilib borilmoqda.

Yong‘in xavsizligi to‘g‘risida bilim va malakani oshirish yuzasidan har yili aprel oyida barcha xodimlar uchun o‘quv amaliyot mashqlar tashkillashtirilib boriladi.

Avariyaviy va yong‘in haqida bildirish sistemalari dispetcherlik xizmati orqali ta’minlanishi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.

2016 yilda korxonaning yong‘in xavsizligiga tegishli barcha texnik uskunalar va jixozlar aloxida nazorat ostida yangilanib, ta’mirlanib, doimiy shay xolatga keltirilgan, ushbu ishlarga umumiy 514 mln.so‘m ajratilib o‘zlashtirilgan.

“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Navoiy viloyati harbiylashtirilgan yong‘in qo‘riqlash xizmati bilan umumiy qiymati 735 mln. so‘mlik shartnoma tuzilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan oldingi yillarda respublika korxonalarida yong‘in xavfsizligi ta’minlanganligi bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan edi va ushbu tanlovda “Qizilqumsement” AJ 3-o‘rinni egalladi va maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Jamiyat tasarrufidagi barcha korxonalarda yong‘inga qarshi asbob-uskunalar, yong‘in o‘chirish vositalari, yong‘in gidrantlarining holatini tekshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etilgan.

Joriy yilda korxonalarning 20 nafar mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Fuqarolar muhofazasi institutida o‘z malakalarini oshirdilar. Asbob-uskunalarni modernizatsiyalash hamda ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni almashtirish ishlari faol tarzda olib borilayotgan bo‘lib, ushbu jarayonlar korxonalarda yong‘in xavfsizligining ta’minlanishiga ijobiy ta’sir etishi shubhasizdir.

Qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi liniyalarning ishga tushirilishi va yangi loyihalarning amalga oshirilishida yong‘in xavfsizligiga oid barcha talablarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalardagi yong‘in xavfsizligi holatining nazorati ushbu korxonalar rahbariyati va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha sexlar va xizmatlar boshliqlari tomonidan olib boriladi.

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bundan keyin ham o‘z tasarrufidagi korxonalarda yong‘inlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikda va yong‘in xavfi mavjud o‘choqlar vujudga kelishining oldini olishda faol ishtirok etadi.

So‘z yakunida bugungi yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan seminar tashkilotchilari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in inspeksiyasi xodimlari hamda “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.


E’tiboringiz uchun rahmat!

Makhamadiev A.A.

Jamiyat Boshqaruvi raisining o‘rinbosari


Файл
Download file
Size: 78.00 KB

Мероприятия calendar icon

Click to listen highlighted text! Powered by GSpeech