Marketing

Qurilish materiallari bozorini talab va taklifni o'rganish orqali tahlil etish biznes rejalarni ishlab chiqishda ishlab chiqarish rejalarini aniqlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga talabning pasayish tendentsiyasi kuzatilayotgan korxonalarda mahsulotlarning turini almashtirish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o'zlashtirish, bozordagi raqobat muhitida sifatni yaxshilash hamda tannarxni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Quyidagi ma'lumotlar yig'ilmoqda va tahlil etilmoqda:

1. Iste'molchilarning toifalari va viloyatlar kesimida asosiy qurilish materialariga bo'lgan ehtiyoji;

2. Viloyatlar kesimida asosiy qurilish materiallarini amalda ishlab chiqarish ;

3. Qurilish materiallarining turlari bo'yicha amaldagi ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanish;

4. Qurilish materiallari eksporti (hajmi, mamlakatlar, narxi);

5. Qurilish materiallari importi (hajmi, mamlakatlar, narxi);

6. Narxi, hajmi va mamlakatni ko'rsatgan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar xom-ashyosi, butlovchilari importi;

7. Ob'ektlarning turini (bitta oila uchun turar-joy), ko'p qavatli uy-joy (yirik panelli, g'ishtli, monolit), ijtimoiy-madaniy, sanoat ob'ektlari, kollejlar va litseylar) ko'rsatgan holda viloyatlar kesimida qurilish manzilli dasturi;

8. Ob'ektlarning turlari bo'yicha qurilish materiallarining yig'ma solishtirma harajatlarini aniqlash. Hududlar bo'yicha asosiy qurilish materiallari uchun narxlarning dinamikasini o'rganish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech