Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi

XIZMAT REGLAMENTI

“Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish”

1. Xizmat bayoni (pasporti)

1.1. Xizmat nomi

Fuqarolar tomonidan “O'zqurilishmateriallari” AJga yo'llangan murojaatlarni ko'rib chiqish

1.2. Xizmat natijasi

Murojaatni ko'rib chiqish natijasi va mazmunan qabul qilingan qaror fuqaroga yozma shaklda taqdim etiladi.

1.3. Xizmat ko'rsatuvchi organlar va blankalarni olish joylari

Blankalar yoki boshqa hujjatlarning zarurati yo'q, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan murojaatlarga o'rnatilgan talablarga rioya etish etarli hisoblanadi.

1.4. Huquqiy asoslar

O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi Qonuni, 3.12.2014 y. №O’RQ-378

1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari

1.6. So'rovnoma yuborish muddati

Muddat belgilanmagan

1.7. Bajarish muddati Fuqarolarning takliflari kelib tushgan kundan bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan fuqaroga xabar qilinadi.

Ariza va shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo'lgan davlat organi, jamoat tashkiloti, korxona, muassasa, tashkilotga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish talab etilmagan murojaatlar 15 kundan kech bo'lmagan muddatda ko'rib chiqiladi.

1.8. Tasdiq berish muddati

Muddat belgilanmagan

2. Xizmatdan foydalanuvchilarni xabardor etish

2.1. Axborot tarkibi va hajmi

Istalgan murojaat etuvchi shaxsga quyidagi axborotlarni taqdim etish kafolatlanadi:

─ Xizmat ko'rsatuvchi organning joylashgan manzili, uning ish grafigi, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish tartibi (telefon orqali avvaldan yozilish, murojaat etilgan kunda qabul qilish, navbat va h.k.)

─ Xizmatdan foydalanish tartibi;

─ Xizmatni ko'rsatish muddatlari.

2.2 Keng xabardor etish

Ko'zda tutilmagan

2.3. So'rovnoma bo'yicha xabardor etish

Shaxsan: xizmatdan foydalanish bo'yicha istalgan savollarga 9-00 dan 18-00 gacha og'zaki konsultatsiya (20 minutdan ko'p emas) berish va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos ravishda rasmiylashtirilgan standart matn, zarur hujjatlar tarkibi to'g'risida yozma ma'lumotni taqdim etish.

Faks bo'yicha: kecha-kunduz istalgan yozma so'rovnomalarni qabul qilish.

Elektron pochta orqali: kecha-kunduz matn ko'rinishida, murojaat etuvchining imzosi qo'yilgan (PDF) istalgan yozma so'rovnomalar yoki boshqa kelishilgan boshqa turdagilarni qabul qilish

2.4. Xizmat ko'rsatiladigan joy haqida xabardor qilish

O'zbekiston Respublikasi, 100070, Toshkent sh., Tafakkur ko'ch., 68 a

Telefon: + (998 71) 2522063(998 71) 2522063, 2522065

2.5 Foydalaniladigan hujjatlar blankalari (shakllari)

Ko'zda tutilmagan

3. Xizmat ko'rsatish

3.1. Ish vaqti

Dushanba-payshanba soat 9-00 dan 18-00 gacha, juma 9-00 dan 17-00 gacha

3.2. Kutish shartlari

Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish navbat bilan ish vaqti muddatlarida amalga oshiriladi:

dushanba-payshanba soat 9-00 dan 18-00 gacha, juma soat 9-00 dan 17-00 gacha avvaldan yozilish asosida yoki telefon orqali navbatga yozilish yoki fuqarolarni qabul qilish jadvaliga asosan amalga oshiriladi

4 Xizmatni ko'rsatish tartibi

4.1. Zarur hujjatlar

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat

4.2. Xizmatga pul to'lash

Xizmat bepul ko'rsatiladi

4.3. Xizmat ko'rsatish bosqichlari

Axborot olish uchun so'rovnoma yuborilib, u o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgandan so'ng, hujjat sifatli javob tayyorlashga mas'ul bo'limni aniqlash maqsadida kompaniya rahbariyatiga rezolyutsiya uchun yuboriladi. Mazkur hujjatning mazmuni o'rganib chiqilgandan so'ng, topshiriqni bajarish bo'yicha nazorat hisob kartochkasi tayyorlanadi. Belgilangan muddatlarda mas'ul bo'lim mazkur murojaatga javob tayyorlaydi va uni xizmatdan foydalanuvchiga yuboradi.

4.4. Davlat xizmatini ko'rsatishning ichki idoraviy tartibi:

1) 1 tadbir: hujjatni ro'yxatga olish va kompaniya rahbariyatiga yuborish;

2) 2 tadbir: Ish yuritish bo'limiga yuborish. Bo'lim tomonidan hujjatni bajarish nazorat hisobot kartochkasi tayyorlanadi va u keyinchalik javobni tayyorlashga mas'ul bo'limga yuboriladi;

3) 3 tadbir: Arizachiga yozma javob tayyorlashga mas'ul bo'lim tomonidan javob tayyorlash va uni ro'yxatga olish uchun Ish yuritish bo'limiga yuborish;

4) 4 tadbir: Ish yuritish bo'limi tomonidan arizachiga hujjatni topshirish.

4.5. Rad etish uchun asos

Murojaat etuvchi tomonning rekvizitlari ko'rsatilmagan bo'lsa yoki u to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lsa, hujjatga imzo qo'yilmagan bo'lsa, hujjat anonim hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi

5. Sifatni ta'minlash

5.1. Sifat ko'rsatkichlari

Avval ko'tarilgan masalalar bo'yicha qayta axborot berish qismida so'rovnomalarning yo'qligi

5.2. Sifatsiz xizmat yuzasidan shikoyat qilish

Olingan axborot yuzasidan xizmat foydalanuvchisi tomonidan shikoyat qilishda uni shunga majbur qilgan aniq sabablarni ko'rsatish lozim. Shikoyat kiritish usuli – yozma ravishda shikoyatning mohiyatini bayon etgan holda belgilangan qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.

Format: doc Yuklab olish 56.50 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech