Ishonch telefonlari

"O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushma “Ishonch telefonining” ishlash
REGLAMENTI


I. U
MUMIY QOIDALAR

1. Mazkur tartib jismoniy va yuridik shaxslar, ularning vakillari murojaatlari bo‘yicha "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining “Ishonch telefoni” (keyingi o'rinlarda – ishonch telefoni) ish faoliyatini tartibga soladi.

2. "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushma (keyingi o‘rinlarda Uyushma) “Ishonch telefoni” ning asosiy funktsiyasi Uyushma faoliyati masalalari bo'yicha murojaatlarni qabul qilish hisoblanadi.

3. “Ishonch telefoni” orqali ariza, taklif va shikoyat ko'rinishidagi murojaatlar qabul qilinadi.

4. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar ish kunlari dushanbadan jumaga qadar (bayram kunlaridan tashqari) 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.

II. “ISHONCH TELEFONI” BO'YICHA MUROJAATLARNI QABUL QILISH TARTIBI

5. “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlar mas'ul xodim tomonidan qabul qilinadi va jamiyatning ish yurituvchisi tomonidan hisobga olinadi.

6. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar qabul qilishda mas'ul xodim o'zining familiyasi, ismi va egallab turgan lavozimini ma’lum qiladi.

“Ishonch telefoni” orqali murojaat etgan fuqarolarga mas'ul xodim murojaat etish, taklif berish va shikoyat yo'llash tartibini, amalga qonunchilik talablariga asosan atayin noto'g'ri ma'lumotni berish tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishini tushuntirishi lozim.

7. “Ishonch telefoni” orqali yo'llangan barcha murojaatlar yozib olinadi va ikki yil muddat davomida saqlanadi.

8. “Ishonch telefoni” orqali murojaat etgan fuqarolar o'z familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili, javob yuboriladigan elektron pochta manzili, bog'lanish uchun telefon nomerini aytishlari, shuningdek murojaatning mazmunini tushuntirib berishlari lozim.

9. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni ma’sul xodim o'rganadi va nazorat varag'ini to'ldirish hamda ijroga qaratish uchun Kotibiyatga topshiradi.Kotibiyat murojaatni hujjat aylanishi tizimiga kiritadi va tegishli boshqarmaga yuboradi.

10. Ushbu регламентning 8 bandida keltirilgan ma'lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, murojaatlar ko'rib chiqilmaydi.

III. MUROJAATLARNI KO'RIB CHIQISH TARTIBI

11. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosarlari, tegishli boshqarmalar boshliqlari yoki mutaxassislar tomonidan ko'rib chiqiladi. Lozim bo'lganda, murojaatlar joyiga chiqib ko'rib chiqilishi mumkin.

Asossiz ravishda murojatlarni ko'rib chiqishni rad etish, vaqtni cho'zish, noqonuniy qarorlarni qabul qilish, fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarini oshkor etish, shuningdek boshqa qonun buzilishlar amaldagi qonunchilikka asosan tegishli javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

12. “Ishonch telefoni” orqali Uyushma vakolati doirasiga kirmaydigan masalalar bo'yicha ma’sul xodim fuqarolarga tegishli organlarga murojaat etishni lozimligi tushuntiradi.

13. Fuqarolarning ihtiyorisiz ularning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlar, davlat sirlari yoki davlat tomonidan qo'riqlanadigan boshqa maxfiy ma'lumotni, fuqarolarning haq-huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan axborotni oshkor qilish ta'qiqlanadi.

14. Kelib tushgan murojaatlar 15 kun muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Qo'shimcha o'rganishni talab etadigan murojaatlar ularning kelgan vaqtidan boshlab 30 kun muddatda ko'rib chiqiladi. Murojaatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, uni ko‘rib chiqish muddatlari Boshqaruv raisi tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytiriladi va bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

15. Kelib tushgan murojaat bo'yicha murojaat yuborgan fuqaroga yozma ravishda javob yuboriladi va u nazoratdan yechiladi.

16. Nazoratdan olingan murojaatlar bo'yicha barcha materiallar va hujjatlar ish yurituvchida saqlanadi.

IV. YAKUNIY QISM

17. Fuqarolar belgilangan tartibda murojaatlarni ko'rib chiqish asossiz ravishda rad etilganda, yuqori turuvchi organ yoki bevosita sudga murojaat etishlari mumkin.

18. “Ishonch telefoni” yordamida olingan ma'lumot bilan ishlovchi xodimlar amaldagi qonunchilikka asosan maxfiy va shaxsiy ma'lumotlarning xavfizligini ta'minlashga majbur.

Uyushmaning ishonch telefoni (+ 998-71) 252-20-65 da mavjud

19. Mazkur tartibning talablarini buzilishiga aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi.


Format: PDF Yuklab olish 599.20 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech