Muvaffaqiyatli investitsiyalash tajribasi

Qurilish materiallariga bo‘lgan talab va uning qoplanishi bo‘yicha
MA’LUMOT

Mamlakatimizda Davlatimiz Rahbarining qurilish materiallari sohasiga e’tibori hamda olib borilayotgan islohotlar natijasida mazkur tarmoq iqtisodiyotimizning eng asosiy “drayver” sohalaridan biriga aylandi. Xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Shu bilan birga yangi sanoat korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yangi turdagi innovatsion, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Hududlardagi xomashyo bazasiga ko‘ra ishlab chiqarish ixtisoslashtirildi. Natijada, bir qancha qurilish materiallarining ichki talabi to‘liq qoplandi. Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston qurilish materiallari sohasida importyor davlatdan eksportyorga aylandi.

2017-yilda 10 ga yaqin sement ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 40 taga yetdi. Shuningdek, 2017-yilda qariyb 80 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda ushbu raqam 800 mln dollarga oshmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar soni esa 180 tagacha yetkazildi.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda yodgorliklar, pardozlash yoki qurilish ishlari uchun marmar va boshqa ohaktoshli toshlar ishlab chiqarish 172, 3 ming tonnaga yetkazilib talab to‘liq qoplandi. Ohaktoshning ham respublika ichki talab qoplandi. 12,3 mln tonna ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra chaqiq tosh (klines) ham ta’minlandi. Shuningdek, shag‘al (140%), kaolin (104%), gips (gips tosh) (105%), plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar (100%), plastmassadan eshiklar va eshiklarning ostonalari, oyna va romlar (100%), boshqa guruhlarga kiritilmagan o‘tga chidamli sementlar, qurilish eritmalari, betonlar va shu kabi tarkiblar (122%), mozaika ishlari uchun sirti 49 sm. kv.dan katta bo‘lmagan, sirlanmagan, keramik plitkalar, kubiklar va shu kabi buyumlar (147%), boshqa keramik sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, vanna, unitazlar va h.k) (100%), sement, beton yoki sun’iy toshdan qurilish uchun g‘isht va bloklar (100%), quyish uchun tayyor beton (100%), qoplamali po‘lat listlardan sovuq usul bilan tayyorlangan ko‘p qatlamli  ("sendvich") panellar (100%), yo‘l qoplamalari uchun  asfaltli aralashmalar (100%) kabi jami 67 turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq qoplangan.

Jadvalning to‘liq matni.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech