O'zbekiston Respublikasining mineral-xom ashyo resurslari
Diqqat, investorlar va tadbirkorlar!
Qurilish materiallari sanoatida yangi imkoniyatlar ochilmoqda!
Mamlakatimizda qurilish sohasini jadal rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida investorlar va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Bugungi kunda qurilish materiallari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish uchun boy xomashyo bazasi mavjud.
Respublika hududlarida sement, gips, ohaktosh, dolomit, kvars qumi, glina, bazalt, marmar, granit va boshqa qurilish materiallari uchun zarur bo‘lgan mineral xomashyo zaxiralari aniqlangan.
Qator istiqbolli konlar ishga tushirish uchun tayyor holatda.
Infratuzilmaga yaqin joylashgan qon maydonlari logistika xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Davlat tomonidan soliq va bojxona imtiyozlari, yer uchastkalari ajratish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mavjud.
Siz respublikadagi qurilish materiallari xomashyo zaxiralari, mavjud va istiqbolli konlar, ularning geografik joylashuvi hamda investitsiya salohiyati bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Hozirgi imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ying va qurilish materiallari sanoatida o‘z o‘rningizni mustahkamlang!
Hamkorlikka tayyormiz!
Respublika bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg'ona viloyati
Xorazm viloyati