“Qurilish materiallarining yagona elektron platformasi” (QEPM) axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha

Chop etish sanasi: 09.03.2026 y.
Muddat: gacha: 17:00   29.05.2026 y.
Ko'rishlar: 6

TENDER EʼLONI
“Qurilish materiallarining yagona elektron platformasi” (QEPM) axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha


Buyurtmachi: “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi. Moliyalashtirish manbasi: Buyurtmachining o‘z mablag‘lari. Loyihani amalga oshirish muddati: 2026-yil may — 2026-yil oktyabr.

Loyihaning qisqacha tavsifi: Loyihaning maqsadi - idoralararo maʼlumotlar almashinuvi jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish uchun servis-mo‘ljallangan arxitektura (SOA) tamoyillari asosida modulli axborot tizimini yaratishdir. Tizim “Raqamli hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasining (IIP) barcha ishtirokchilaridan maʼlumotlarni ruxsat etilgan holda olishni, ularni formal-mantiqiy tekshirishni, predmetga yo‘naltirilgan maʼlumotlar omborida saqlashni va tahliliy qayta ishlashni taʼminlashi lozim.
Asosiy texnik talablar:
  1. Integratsiya: IIP bilan REST-so‘rovlar orqali sinxron rejimda hamkorlik qilish uchun O‘zMSt 815:2025 standartiga qatʼiy muvofiq ravishda adapter ishlab chiqish.

  2. Samadorlik: Interfeysning javob berish vaqti - 10 soniyadan, murakkab hisobotlarni shakllantirish vaqti - 30 soniyadan oshmasligi kerak.

  3. Xavfsizlik: Foydalanuvchilarni OneID orqali identifikatsiya qilish, himoyalangan VPN kanallaridan va HTTPS/TLS protokollaridan milliy kripto-algoritmlarni (O‘z DSt 1105, 1106) qo‘llagan holda foydalanish.

  4. Infratuzilma: Tizimni xosting-maydonchada (virtual server), O‘z DSt 2875:2014 bo‘yicha kamida Tier III darajasidagi maʼlumotlarni qayta ishlash markazida (MQRIM) joylashtirish.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
  • Davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va IIP bilan integratsiya qilish tajribasiga egalik.

  • Axborot tizimini yaratish bosqichlariga (O‘z DSt 1986:2018) rioya qilish.

  • Hujjatlar majmuasini O‘z DSt 1985:2010 bo‘yicha to‘liq taʼminlash.

  • Tizimni “Kiberxavfsizlik markazi” DUKda axborot xavfsizligi talablari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorlik.

Tender hujjatlarini olish uchun aloqa maʼlumotlari: Manzil: 100070, Toshkent sh., Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy. E-mail: info@uzsm.uz.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech