O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining muhim sohalariga, shu jumladan qurilish materiallari sanoatiga ham xorijiy investorlar tomonidan investitsiya kiritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi №PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi №PQ-2340-sonli «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan davlat ulushini xorijiy sarmoyadorlarga sotish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati tasdiqlangan. Shu jumladan, «Kvars» aksiyadorlik jamiyatidagi 75 foiz davlat ulushi, «Qizilqumsement» AJ - 35,9% va «Samarqand marmar» AJ - 6,9%.